Bu böyiça muzokara olib borgan Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining yozişiça, mahsulotlar jönatilişidan avval fitosanitar nazoratdan ötkaziladi. Misr uçun alohida karantin ahamiyatiga ega zararkunandalardan xoli ekanligi tasdiqlanganidan söng fitosanitar ruxsatnoma, ya’ni sertifikat rasmiylaştiriladi.

110 milliondan ortiq aholiga ega Misr hamda uning qöşnilari, umuman Yaqin Şarqda mevaga bölgan ehtiyoj doim bor va yildan yilga oşib bormoqda. Şu bois Misr har yili yuz minglab tonna yangi uzilgan mahsulotlarni import qiladi.

Ma’lumot örnida, bugungi kunda Özbekistondan Misrga 25 turdagi mahsulot eksporti uçun fitosanitar ruxsatlar olingan.

Yangi turdagi mahsulotlarga fitosanitar ruxsatlar olinişi Özbekiston uçun eksport geografiyasini kengaytiriş, Yaqin Şarq va Afrika bozorlariga kiriş uçun «köprik» yaratiş, qişloq xöjaligi mahsulotlarining mavsumiy sotuv davrini uzaytiriş imkoniyatini beradi.