18 avgustga ötar keçasi Rossiya dronlari Odessa oblastiga hujum uyuştirdi, natijada yoqilği-energetika infratuzilmasi obektida yonğin sodir böldi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi.
Tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. FVV xabarida aynan qaysi obektga zarba berilganiga aniqlik kiritilmagan.
Köp ötmay, Minval naşri Rossiya dronlari Ozarboyjonning Odessa oblastidagi SOCAR neft bazasiga hujum qilgani haqida xabar berdi.
«Bu töğridan töğri zarbalar seriyasi bölib, oqibatda yonğin yuz berdi. Barça rezervuarlar, nasos stansiyasi binosi, operator va tarozi xonalari, texnik xonalarga şikast yetgan, panjara vayron bölgan», – deyiladi Ozarboyjon naşri xabarida.
Rossiya dronlari Ozarboyjonning Odessa oblastidagi neft bazasiga hujum qilgani haqida 18 avgust kuni ertalab «Dva mayora» Z-kanali ham yozdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Rossiya qöşini Ozarbayjon kompaniyasiga tegişli energetika obektiga «ongli ravişda zarba» berganini ta’kidladi. «Bu munosabatlarimizga va energetika mustaqilligiga zarbadir», – dedi u.
Ukraina iyul oyi oxirida Ozarboyjon gazini Yevropaga sotib oliş böyiça birinçi şartnoma imzolangani haqida xabar bergan. Şartnoma SOCAR kompaniyasi bilan tuzilgan.
Bu Rossiyaning Ozarboyjon kompaniyasining Ukrainadagi neft bazasiga birinçi bor zarba berişi emas. Rossiya dronlari 8 avgustga ötar keçasi Odessa oblastidagi SOCAR neft bazasiga hujum qilgan, zarba natijasida tört nafar xodim jarohat olgandi. Dizel yoqilğisi quvuri şikastlangani xabar qilingan. Oradan ikki kun ötib, Zelenskiy Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular Rossiyaning neft bazasiga «maqsadli aviazarbalari»ni qoraladi.
Bundan taşqari, 6 avgust kuni Ukraina energetika vazirligi Rossiya qurolli kuçlari Odessadagi Ozarboyjon gazini Ukraina va Yevropaga haydaş yönalişi ötadigan kompressor stansiyasiga zarba bergani haqida xabar bergandi.
Bu voqealardan keyin Ilhom Aliyev Ukrainaga gumanitar yordam körsatiş uçun 2 mln dollar ajratdi. Bu mablağ Ozarboyjonda işlab çiqarilgan elektr uskunalarini sotib oliş va Ukrainaga jönatişga sarflanadi.












