AQŞ bir yil avval «ölik mamlakat» edi, endi esa «barçaning hasadiga» erişdi, dedi Amerika prezidenti Donald Tramp.

«Bir yil oldin Qöşma Ştatlar deyarli ölik mamlakat edi. Endi biz dunyoning istalgan burçagida «qaynoq» mamlakatmiz, hammaning havasi keladi», deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Avvalroq Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan 15 avgust kuni Alyaskada bölib ötgan uçraşuvi haqida gapirar ekan, AQŞ «zambarak kabi qaynoq» ekanini aytdi, «garçi bir yil oldin u [Putin] Amerika ölgan deb öylagan bölsa ham».

Tramp 8 avgust kuni ham NATO a’zolari yetakçilarining fikriga tayanib, AQŞ dunyodagi «eng qaynoq» mamlakatga aylanganini aytdi. Prezidentning ta’kidlaşiça, bunday natijaga erişişda unga tarif siyosati yordam bergan.

«Ular [tariflar] bizga faqat pul keltirmadi. Bu milliardlab, trillionlab dollar, lekin duşman ustidan ulkan hokimiyat hamdir. Biz Pokiston va Hindiston bilan beşta uruşni yakunladik», dedi Tramp.