19 avgust kuni soat 11:00 lar atrofida Toşkentda qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida yonğin yuzaga keldi. Tarmoqlarda kuçli yonğin bino içidan çiqib, markazning tom qismi va gumbazlari atrofini qamrab olgani körinadi. Videolarda gumbaz atrofida önlab insonlar olovga öçirişga harakat qilgani körinadi. Yonğin oqibatida osmonga qalin qora tutunlar ham kötarilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilişiça, soat 11:11 da Olmazor tumani Zarqaynar köçasida joylaşgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqiziş işlari olib borilişida texnologik jarayonni buzilişi oqibatida yonğin kelib çiqqan.

«Yonğin soat 11:32 da örab olinib, soat 11:34 da öçirilgan. Yonğin tufayli 19 kv.m binoni tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan. Yonğin oqibatida fuqarolar jabr körmagan va binoning içki qismi şikastlanmagan. Binoda nodir eksponatlar saqlanmagan», deyiladi FVV xabarida.