18 avgust kuni E-auksion platformasida Navoiy viloyati, Nurota tumani, Zafarobod şaharçasidan 26,7 km şimoliy-ğarbda joylaşgan «Temirçi» oltin koni auksion savdolari orqali sotildi. 

Kon 4 mlrd 120 mln 412 ming boşlanğiç narx bilan sotuvga qöyildi. Qariyb 12 soat davom etgan savdo jarayonida talabgorlar raqobati tufayli narxlar keskin oşib, aktiv 67 mlrd 780 mln 777 ming sömga sotildi. Bu – lotning umumiy boşlanğiç qiymatidan 16,5 barobarga köp.

Yakunda lotni «Zauris» MÇJ yutib oldi. Uşbu korxona 2025 yilning 4 iyul kuni Toşkent şahrida röyxatga olingan. Faoliyat turi – rangli metall rudalarini qazib oliş. Ustav fondi – 10 mln söm.

Kompaniyaning 100 foiz uluşi Fayziyeva Feruza Tohir qiziga tegişli. Rahbar sifatida ham Feruza Fayziyeva körsatilgan.

Ğolib belgilangan joylardan oltin qazib oliş huquqini qölga kiritadi va amaldagi qonunçilikka muvofiq qidiruv işlarini olib boradi. Investordan qimmatbaho metallarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş talab qilinadi.