18 avgust kuni (Toşkent vaqti bilan 19 avgustga ötar keçasi) AQŞ poytaxti Vaşingtonda prezident Donald Tramp Yevropa va Ukraina yetakçilarini qabul qildi. Yevropaning eng yirik davlatlari Ukraina prezidentiga hamrohlik qilgani bejiz emas. Uşbu muzokaralar – 15 avgust kuni bölib ötgan Tramp va Putin uçraşuvidan söng, Ukrainadagi uruşni tugatiş yölidagi muhim bosqiç ölaroq körilmoqda. New York Times naşri Oq uydan turib, deyarli kun böyi davom etgan uşbu uçraşuv tafsilotlarini ma’lum qilib bordi.

Tramp uçraşuvlar oldidan Truth Social'da post qoldirib, «Oq uydagi katta kun» haqida yozdi. «Bizda heç qaçon bir paytda bunçalik köp yevropalik yetakçilar bölmagan. Amerika uçun ulkan şaraf!!!» – dedi u.

Tramp bilan asosiy uçraşuvdan oldin Yevropa rahbarlari va Zelenskiy Vaşingtondagi Ukraina elçixonasida özaro yiğilib maslahatlaşuv ötkazdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Zelenskiy öz jamoasining asosiy maqsadi – Ukraina va butun Yevropa uçun barqaror tinçlik ekanini aytdi. «Biz tuşunamizki, Putinning öz ixtiyori bilan tajovuzdan yoki yangi bosqinlardan voz keçişini kutiş kerak emas. Şu sababli bosim işlaşi kerak va u AQŞ va Yevropadan qöşma bosim bölişi şart», – deb yozdi Zelenskiy.

NYT naşri yozişiça, yevropalik rahbarlarning hamma işini yiğiştirib, Zelenskiyga Tramp bilan uçraşuvda dalda beriş uçun AQŞga kelişi – kamdan kam uçraydigan geosiyosiy manzara. «Bu AQŞ prezidentining ta’sir kuçi, Yevropaning Ukrainani qöllab-quvvatlaşi va oddiy insoniy „çetda qolmaslik“ instinkti. Buni diplomatik FOMO (qöldan boy beriş qörquvi) deb ataş mumkin», –deb yozgan naşr.

Foto: New York Times

Oq uydagi uçraşuvga NATO boş kotibi Mark Ryutte, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers hamda Italiya boş vaziri Jorja Meloni ham keldi. Ularni Oq uyning protokol böyiça boş mas’uli Monika Krouli kutib oldi.

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham Vaşingtondagi voqealarni diqqat bilan kuzatayotgani, «Ukraina uçun adolatli, har tomonlama va barqaror tinçlik»ka çaqirayotganini yana bir bor takrorladi.