Oq uyda katta uçraşuv, sulhga rozi bölgan Hamas va Koreyada boşlangan harbiy maşğulotlar – kun dayjesti
|19:30 / 19.08.20255 0839 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
«Oq uyda katta kun»
18 avgust kuni Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy va Yevropaning yetakçi davlatlari boşçilari bilan Ukrainadagi uruşni muhokama qildi. Uşbu yiğiliş Trampning Putin bilan 15 avgustdagi uçraşuvidan keyingi muhim diplomatik bosqiç sifatida körildi.
Zelenskiy tinçlik uçun AQŞ va Yevropaning birgalikdagi bosimi zarurligini aytdi. U Tramp bilan qöl siqib uçraşdi va uruşni tugatiş sa’y-harakatlari uçun minnatdorlik bildirdi. Zelenskiyning ta’kidlaşiça, Ukrainaga işonçli xavfsizlik kafolatlari kerak.
Oq uyda NATO boş kotibi va Yevropa davlatlari yetakçilari qatnaşdi. Ular Ukraina uçun NATOning 5-moddasiga yaqin xavfsizlik kafolatlari zarurligini urğulaşdi. Germaniya kansleri Fridrix Mers va boşqalar esa sulh har qanday muzokaradan oldin bölişi kerakligini ta’kidladi.
Tramp esa noaniq bayonotlar berdi: «Biz doimiy tinçlikka erişamiz», dedi, ammo Ukraina hududdan voz keçişi masalasiga javob bermadi. U «hududlar almaşinuvi imkoniyati»ni tilga oldi, ammo Yevropa rahbarlari bu nuqtada ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirdi.
Yiğilişdan söng Tramp Putinga qönğiroq qildi. Rossiya rasmiylariga köra, 40 daqiqa davom etgan suhbat «oçiq va konstruktiv» ötgan, tomonlar yuqori darajadagi muzokaraçilar tayinlaşga kelişgan. Biroq Putin Zelenskiyni legitim deb hisoblamasligini avvaldan bildirgan.
Tramp va Zelenskiy sönggi bayonotlarida eng tortişuvli masalalar – sulh va hududlar taqdiri – Putin bilan yuzma-yuz muzokaraga qoldirilişini aytdi. Tramp uç tomonlama uçraşuvga umid qilmoqda. Uçraşuv yakunida taraflar barqaror tinçlik sari harakat qiliş zarurligini takrorladi, ammo asosiy yeçimlar hali noma’lum qolmoqda.
Hamas sulh taklifini qabul qildi
Hamas Isroil bilan 60 kunlik sulh taklifini qabul qildi. Unga köra, Ğazoda uşlab turilgan garovdagilarning yarmi ozod qilinadi va Isroil ayrim falastinlik mahbuslarni qöyib yuboradi. Bu haqda Misr rasmiy manbalariga tayanib Reuters xabar bermoqda.
Mavzuga oid
Hamasning yuqori lavozimli rasmiysi Basem Naim ham guruhning sulhga roziligini tasdiqladi. Hamas şuningdek, boşqa Falastin guruhlari ham vositaçilarga öz roziliklarini bildirganini ma’lum qildi. Isroilning taklifga rasmiy javobi bölmagan, biroq bir rasmiy uning qabul qilinganini tasdiqlagan. Misr va Qatar AQŞ qöllovi bilan tomonlar örtasida vositaçilik qilmoqda.
Boş vazir Benyamin Netanyahu öz idorasi tarqatgan videoda: «Men ham siz kabi ommaviy axborot vositalaridan xabarlarni eşityapman. Ulardan keladigan asosiy taassurot şuki, Hamas ulkan bosim ostida», dedi.
Misrlik manbaning aytişiça, Hamas qabul qilgan taklif Isroilning harbiy harakatlarini 60 kunga töxtatişni va deyarli ikki yil davom etayotgan uruşni tugatişga oid kengroq kelişuv uçun asos yaratişni nazarda tutadi.
Isroilning bu oy boşida e’lon qilingan Ğazo şahrini nazoratga oliş rejasi doirasida kutilgan yer usti hujumi sababli minglab falastinliklar şarqiy Ğazo şahridagi uylarini tark etmoqda. Ular doimiy bombardimon ostidagi hududlardan ğarb va janubga tomon yöl olmoqda.
Guvohlarning aytişiça, duşanba kuni öz kuçini namoyiş qiliş uçun Isroil tanklari Ğazo şahrining Sabra mahallasiga kirib bordi. Kamida 9 ta tank va buldozer körilgan. Isroil armiyasi boş ştabi rahbari general-leytenant Eyal Zamir mamlakat Ğazo uruşida «buriliş nuqtasida» turganini, asosiy e’tibor Ğazo şahrida Hamasga qarşi zarbalarni kuçaytirişga qaratilganini aytdi.
Oxirgi marta sulh böyiça bilvosita muzokaralar iyul oxirida ötkazilgan va tomonlar özaro ayblaşlar bilan yakunlangan edi. Isroil barça garovdagilar ozod qilinsa va Hamas qurolini taşlasa, janglarni töxtatişga rozi bölişini aytgan. Ammo Hamas bu talabni Falastin davlati tuzilmagunça rad etib kelmoqda.
Isroilning Ğazodan qançalik çiqib ketişi va gumanitar yordamning qanday yetkazilişi masalasida ham keskin tafovutlar mavjud. Yordam taşkilotlari oçarçilik xavfi ortayotganidan ogohlantirmoqda.
AQŞ 6 mingdan ortiq talabalar vizasini bekor qildi
BBC naşrining yozişiça, AQŞ Davlat departamenti 6 mingdan ortiq xalqaro talabalar vizasini bekor qilgan. Sabab — AQŞ qonunlarini buziş va mamlakatda belgilangan muddatdan ortiq qoliş.
Idora ma’lumotiga köra, buzilişlarning «katta qismi» zöravonlik, mast holda maşina haydaş, öğrilik va «terrorizmni qöllab-quvvatlaş» bilan boğliq bölgan. Bu qaror Tramp ma’muriyati immigratsiya va xalqaro talabalar ustidan nazoratni kuçaytirayotgani bir paytda qabul qilindi. Davlat departamenti «terrorizmni qöllab-quvvatlaş» deganda nimani nazarda tutganini oçiqlamadi, biroq Tramp ma’muriyati Falastinni qöllab namoyiş qilgan ayrim talabalarni antisemitik xatti-harakatda ayblab kelmoqda.
Bekor qilingan 6 ming vizaning taxminan 4 mingtasi qonunni buzgan talabalar uluşi böldi. Yana 200–300 viza esa «terrorizm» bilan boğliq keng kölamdagi harakatlar uçun bekor qilingan.
Joriy yil boşida Tramp ma’muriyati xalqaro talabalar uçun viza suhbatlarini belgilaşni töxtatgandi. Iyun oyida jarayon qayta boşlangaç, barça arizaçilardan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ommaga oşkor etiş talab qilindi. Rasmiylarning aytişiça, ular AQŞ fuqarolari, madaniyati, hukumati, institutlari yoki asosiy tamoyillariga nisbatan «duşmanlik alomatlari»ni qidirişadi. Demokratlar bu siyosatga qarşi çiqib, uni «qonuniy jarayonlarga hujum» deb atagan.
Open Doors taşkilotiga köra, 2023–24 öquv yilida AQŞ oliygohlarida 210 ta xorijiy davlatda 1,1 milliondan ziyod xalqaro talaba tahsil olgan.
Janubiy Koreyada harbiy maşğulotlar
AQŞ va Janubiy Koreya Şimoliy Koreya tahdidlariga qarşi qöşma mudofaa tayyorgarligini mustahkamlaş maqsadida har yili ötkaziladigan Ulchi Freedom Shield (UFS) harbiy maşğulotlarini boşladi.
Yonhap agentligi ma’lumotiga köra, 11 kunlik manyovrlar 28 avgustgaça davom etadi. Vaşington va Seul har yili ötkazadigan bu qöşma maşqlar ikki davlatning Pxenyanga qarşi mudofaa imkoniyatlarini kuçaytirişga qaratilgan.
Bu yil «realistik» tahdid ssenariylari asosida ötkazilayotgan maşğulotlarda qariyb 18 ming janubiy koreyalik harbiy xizmatçi qatnaşmoqda. UFS doirasida qöşimça ravişda 580 ming fuqaro iştirokida tört kunlik fuqarolik mudofaasi maşqlari, şuningdek, dronlarga va kiberhujumlarga qarşi çoralarni sinovdan ötkaziş ham rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, belgilangan 40 ta dala maşqlarining deyarli yarmi sentabr oyiga köçirildi — bu Şimoliy va Janubiy Koreya örtasidagi keskinlikni yumşatiş çoralaridan biri sifatida körilmoqda.
Pxenyan esa odatdagidek bunday maşqlarni «bosqin maşqi» deb atadi. KXDR Mudofaa vaziri «Biz AQŞ va Janubiy Koreyaning Şimoliy Koreyaga qarşi mojaroga intilayotganini oçiq-oydin körsatuvçi provokatsion harakatlarini qat’iy qoralaymiz», deya bayonot berdi.
AQŞ va Janubiy Koreya esa ularni faqat mudofaa xarakteriga ega ekanini ta’kidlab kelmoqda.
30 davlat Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari böyiça işlayapti
NATO boş kotibi Mark Ryutte 30 davlat Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari böyiça yagona konsepsiya ustida işlayotganini, AQŞ esa endilikda bu taşabbusga qöşilişga tayyor ekanini bildirdi.
Oq uydagi muzokaralardan söng Fox News'ga bergan intervyusida Ryutte bu muloqotlarni «juda muvaffaqiyatli» deb atadi. Unga köra, bu xavfsizlik kafolatlari sulh yoki, afzalroq variant sifatida, Rossiya va Ukraina örtasida töliq tinçlik bitimidan keyin kuçga kirişi mumkin.
«Sönggi bir neça oy davomida Britaniya boş vaziri Keyr Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rahbarligida 30 ta davlat, jumladan, Yaponiya va Avstraliya ham xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasi ustida işlamoqda», dedi u.
Ryuttening aytişiça, Tramp duşanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlaşib, Putin Zelenskiy bilan uçraşişga rozi bölgan. Bu uçraşuv trilateral sammit oldidan ötkazilişi kutilmoqda.
«U prezident Putin bilan muloqot davomida Zelenskiy bilan uçraşuv ötkazişga roziligini ola bildi. Endi ular bu uçraşuv qayerda bölişini muhokama qiladi», dedi u.
Ukrainaning hududiy yon beriş masalasi muhokama qilingan-qilinmaganiga oid savolga javoban Ryutte bunday masala Vaşingtonda kötarilmaganini aytdi.