Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp Oq uyda muzokaralar ötkazdi. Bu Zelenskiyning Tramp qayta saylanganidan keyin Vaşingtonga ikkinçi taşrifi böldi. Birinçisi, 2025 yil fevral oyida muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangandi. Tramp Zelenskiy bilan matbuot oldida bahslaşib qolib, uni AQŞga yetarliça minnatdorçilik bildirmayotganlikda va «uruşiş, uruşiş va yana uruşiş»ni istayotganlikda ayblagandi. Öşanda muzokaralar barbod bölgan, Oq uy vaqtinça Ukrainaga yordamni töxtatib qöygan, Zelenskiydan keçirim söraşni kutişgandi. Aprel oyiga kelib ikki prezident munosabatlarini tiklaşga muvaffaq bölindi: ular Vatikanda uçraşişdi.

Zelenskiyning Oq uyga bu galgi taşrifi ança döstona ruhda ötdi. Ötgan safar amerikalik konservatorlar tomonidan harbiy libosini kostyumga almaştirmagani uçun tanqidga uçragan Ukraina prezidenti bu safar qora pidjak va qora köylak kiydi – va Trampga kamida sakkiz marta minnatdorçilik bildirdi. Matbuot bilan muloqot paytida ikkala prezident ham xuşmuomala edi; The Wall Street Journal ta’kidlaganidek, «ular fevral oyidagi kabi [muzokaralar] töxtab qolişining oldini olişni xohlaşlari aniq edi».

Ukraina prezidenti xavfsizlik kafolatlarini muhokama qiliş uçun Tramp huzuriga yevropalik siyosatçilar bilan birga keldi. Tramp Ukraina AQŞ va Yevropadan (birinçi navbatda Yevropadan) «köp yordam» olişiga va’da berdi – ammo gap NATOga a’zolik haqida ketmayotganini bildirdi. Zelenskiy Tramp bilan suhbatini «konstruktiv» va «konkret» deb atadi. Trampning özi esa bugun u, Ukraina va Yevropa yetakçilari «deyarli barça masalalar böyiça» kelişib olişiga umid bildirdi, bu esa Zelenskiy va Putin uçraşuviga yöl oçadi.

Financial Times gazetasi Ukraina delegatsiyasining AQŞ tomonidan xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaş uçun Ukraina Amerikaning 100 milliard dollarlik qurollarini sotib olişga tayyorligi haqidagi hujjati bilan tanişdi. Katta ehtimol bilan, uçraşuv boşlanişidan oldin tayyorlangan hujjatda Ukraina Rossiyaga hududiy yon berişga rozi emasligi va tinçlik örnatiş yölidagi birinçi qadam sifatida öt oçişni töxtatişni talab qilayotgani ham ta’kidlangan.

Tramp endi Rossiyadan darhol öt oçişni töxtatiş talab qilmayapti. U sulhdan oldin tinçlik örnatilişi şart emasligini bir neça bor ta’kidladi. Trampning sözlariga köra, u odamlarning ölimiga yöl qöymaslik uçun Ukrainada sulh tuzişga erişgan, biroq «strategik jihatdan» öt oçişni töxtatiş rejimi «u yoki bu tomon uçun foydali bölmasligi mumkin». Bu bayonot Ukrainaga hujumlarni töxtatmayotgan Vladimir Putinga yon beriş deb baholandi. Yevropa yetakçilari, Trampdan farqli ölaroq, yaraşuv zarurligini oçiqçasiga ta’kidlaşda davom etmoqda.