Ukraina ham, Rossiya ham tinçlik bitimi tuziş uçun yon berişiga töğri keladi, dedi AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Oq uyda Donald Tramp, Volodimir Zelenskiy va Yevropa davlatlari yetakçilarining uçraşuvidan söng Fox News telekanaliga.

Uruş yoki har qanday mojaroni tugatişga qaratilgan har qanday muzokaralarda har ikki tomon nafaqat olişi, balki berişi ham kerak, deb ta’kidladi Rubio.

«Har bir tomon biroz yon berişiga töğri keladi. Va, şubhasiz, yer masalasi yoki bu çegaralarni qayerga ötkazişingiz - uruş qayerda tugaşi - bu suhbatning bir qismi böladi», dedi u.

«Aslida, tomonlarning heç biri bu yerda 100 foizga ega bölmaydi», deb ta’kidladi Rubio va bu «oson emas», ehtimol «adolatsiz» ekanini, ammo faqat şu yöl bilan uruşga çek qöyiş mumkinligini qöşimça qildi.

AQŞ davlat kotibining ta’kidlaşiça, uruş qanday şartlar asosida tugaşini Ukraina va Rossiya hal qiladi, Qöşma Ştatlarning roli esa muhokamani imkonli qiliş va «har ikki tomon ham muzokara ötkazayotganiga işonç hosil qiliş»dan iborat.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 18 avgust oqşomida Oq uyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakçilari bilan uçraşdi. 15 avgust kuni Tramp Alyaskada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan alohida muzokaralar ötkazdi.

Trampning Putin bilan ham, Zelenskiy bilan ham muzokaralari tafsilotlari rasman ma’lum qilinmagan. Amerika matbuotiga köra, Putin Ukraina butun Donbassni, jumladan, Kiyev nazoratidagi hududlarni Rossiyaga topşirişi kerakligini aytgan. Ukraina prezidenti avval bir neça bor mamlakatning biror qismidan voz keçiş mumkin emasligini aytgan edi.

Oq uydagi uçraşuvdan söng Tramp Putinning Zelenskiy bilan uçraşuviga tayyorgarlik körişni boşlaganini aytdi.