Tojikistonning Toğli Badaxşon muxtor viloyati aholisiga mahalliy hokimiyat tomonidan Abdulqosim Firdavsiyning «Şohnoma» dostoni ikki jildli naşri bepul tarqatildi. Har bir oilaga har biri 1200 sahifadan iborat 2 jilddan kitob beriladi, deb yozdi Asia-Plus.

Tojikistonning Madaniyat vazirligi naşrlar departamenti «Şohnoma» dostoni 2026 yilgaça yetarli tirajda naşr etilişi va barça hududlar aholisiga tarqatilişini ma’lum qilgan.

Qayd qilinişiça, «Şohnoma» Tojikiston prezidenti zaxira jamğarmasi mablağlari hisobidan çop etilmoqda. Kitobning sözboşisida yozilişiça, u Imomali Rahmon tomonidan davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan.

«Şohnoma» kitobini naşr etiş va mamlakat aholisiga bepul tarqatiş böyiça topşiriq 2023 yil dekabr oyida Tojikiston prezidenti tomonidan akademik Bobojon Ğafurov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan ötkazilgan Xalqaro simpoziumda berilgan edi.

Tojik şe’riyatining mumtoz vakili Abulqosim Firdavsiy özining «Şohnoma» dostonini 30 yildan ortiq vaqt davomida yozgan. Bu asar jahon adabiyotidagi eng buyuk dostonlardan biri hisoblanadi.