Vaşingtondagi uçraşuvda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va uning ittifoqçilari AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlardagi pozitsiyalarini tiklab oldi. Oqibatda Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmaganda qiyin ahvolga tuşib qoldi, deb yozdi The Telegraph.
Naşrning ta’kidlaşiça, Zelenskiy bu safar kiyimni töğri tanladi. Ötgan safar, fevral oyida Oval kabinetdagi uçraşuvda Zelenskiyning kiyimi amerikaliklarni ğazablantirgandi. Biroq, bu safar u öz yaxlitligini saqlab qolişga muvaffaq böldi va aprel oyida Papa Fransiskning dafn marosimida bölgani kabi qora pidjak kiyib oldi.
«Tramp xursand böldi va hayratda qoldi. Qolaversa, ötgan safar keskin savol bergan muxbir uning yangi kiyimini maqtaganida, Zelenskiy bunga munosib javob qaytardi. – Siz hamon öşa kostyumda ekansiz, – dedi u istehzoli jilmayib. – Men özgardim. Siz özgarmabsiz, dedi u. Hamma kulib yubordi. Muxbir piçoq zarbasini sezmagan körinadi, biroq qolganlar şamani tuşundi», – deb yozdi naşr.
Qayd etilişiça, Zelenskiy va yevropaliklarning taktikasi şunday bölgan: Trampga zarur darajada hurmat va xuşomadni körsatiş, şu bilan birga raqiblariga bosim ötkazadigan pozitsiyani egallaş.
Şuningdek, yana bir usul – Zelenskiy rafiqasining maktubini birinçi xonimga yetkaziş ham qöllandi. Bu Melaniyaning Putinga bolalarni himoya qilişga çaqirib yozgan maktubiga işora edi.
«Bu sizga emas, rafiqangizga», – dedi Ukraina rahbari özini iliq kutib olgan Trampga maktubni topşirar ekan.
«Bu ğoya böyiça ham, sahnalaştiriş böyiça ham ideal edi: Qöşma Ştatlarning qöllab-quvvatlaş işorasidan prezident uçun juda şaxsiy tarzda foydalaniş. Psixologik nuqtayi nazardan bu Trampni öz tomoniga oğdiriş uçun öylab topilgani aniq», – deb yozdi naşr.
Ta’kidlanişiça, umumiy manzara Ukraina uçun ideal bölmasa-da, Alyaskadagi sammit bilan soliştirganda, Yevropa alyansi muhim strategik yutuqlarga erişdi. Bundan taşqari, Zelenskiy, Tramp ötgan safar nohaq ayblaganidek, AQŞ prezidentini öziga tösqinlik qilişdan köra, tinçlikka çin dildan qiziqişiga işontirganga öxşaydi.
Bu, ehtimol, bugungi kundagi eng muhim yutuqqa yöl oçdi: Tramp xavfsizlik kafolati sifatida Amerika qöşinlarini kiritiş imkoniyatini istisno qilişdan boş tortdi. «Ular [Yevropa] – birinçi mudofaa çiziği, çunki ular öşa yerda... lekin biz ham ularga yordam bermoqçimiz. Biz iştirok etamiz», – dedi u.


















