Yevropaning 10 ga yaqin davlati keng kölamli Rossiya-Ukraina uruşi tugaganidan keyin öz qöşinlarini Ukrainaga yuborişga tayyor, deb xabar berdi Bloomberg agentligi manbalarga tayanib.
Ularning sözlariga köra, Yevropa rasmiylari 19 avgust kuni tinçlik kelişuvi doirasida Britaniya va Fransiya harbiylarini yuboriş rejasini, jumladan, qöşinlar soni va ularning joylaşuvini muhokama qilgan.
Buyuk Britaniya hukumati yaqin kunlarda Yevropa harbiy amaldorlari AQŞ vakillari bilan uçraşib, «xavfsizlikning işonçli kafolatlarini işlab çiqiş va harbiy harakatlar töxtatilgan taqdirda xavfsizlik kuçlarini joylaştirişga tayyorgarlik körişni» ma’lum qildi.
Bloomberg manbalarining qöşimça qilişiça, qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari paketining birinçi bosqiçida Ukraina Qurolli kuçlarini ukrainalik harbiylarni öqitiş va şaxsiy tarkibni töldiriş orqali mustahkamlaş közda tutilgan. Bu iş bilan asosan yevropalik harbiylardan iborat köp millatli guruh şuğullanişi, Buyuk Britaniya va Fransiya esa front çiziğidan uzoqda joylaştiriladigan yuzlab askarlarini Ukrainaga yuborişi kutilmoqda.
Rejaning boşqa qismi, manbalarning sözlariga köra, AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlaşni nazarda tutadi, bu razvedka ma’lumotlarini almaşiş, çegaralarni kuzatiş, qurol-yaroğ va ehtimol, havo hujumidan mudofaa vositalarini yetkazib berişni öz içiga oladi.
Rossiya hukumati Ukrainada NATO qöşinlari joylaştirilişiga mutlaqo qarşi. «Ukrainada NATO davlatlari iştirokidagi harbiy kontingent paydo bölişini nazarda tutuvçi har qanday ssenariylarni qat’iyan rad etiş böyiça bir neça bor bildirilgan pozitsiyamizni tasdiqlaymiz», dedi 18 avgust kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
AQŞ rasmiylari Ukrainaga amerikalik askarlarni yubormasligini, biroq xavfsizlik kafolati sifatida Ukrainani havodan qöllab-quvvatlaşi mumkinligini aytdi.
Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari paketi şu haftadayoq, ya’ni 24 avgustgaça şakllantirilişi kutilmoqda.











