Apple Amerika bozorining Xitoyga qaramligini kamaytiriş maqsadida Hindistonda iPhone işlab çiqarişni kengaytirmoqda.
IPhone 17 törtta modeli ham Hindistonda işlab çiqariladi, deb xabar berdi Bloomberg insayderi Mark Gurman.
Ma’lum qilinişiça, işlab çiqarişni kengaytiriş beşta zavodni, jumladan Tata Group va Foxconn yangi obektlarini öz içiga oladi. Tata korxonalari yaqin ikki yil içida Hindistondagi barça iPhone smartfonlarining yarmini işlab çiqarişi kutilmoqda.
Aprel-iyul oylarida Hindistondan 7,5 milliard dollarlik iPhone jönatildi, bu ötgan moliyaviy yilga nisbatan ikki baravar köp. Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, AQŞ uçun smartfonlar işlab çiqariş böyiça yetakçiga aylandi. Canalys tahliliy platformasi ma’lumotlari şundan dalolat beradi.
Işlab çiqarişni köçiriş geosiyosiy keskinlik va AQŞ tarif siyosati bilan boğliq xatarlarni kamaytirişga intiliş bilan boğliq. Biroq, Xitoy texnologiyalarni berişga tösqinlik qilmoqda va Foxconn xitoylik muhandislar örniga Tayvan va Yaponiyadan mutaxassislarni taklif qildi, bu esa xarajatlarni oşirdi.











