«Jyeyms Uebb» kosmik teleskopi Uranning yangi, 29-yöldoşini aniqladi, u S/2025 U1 nomi bilan ataldi, deb xabar berdi NASA.

«Jyeyms Uebb» kosmik teleskopi yordamida Janubi-ğarbiy tadqiqot instituti (SwRI) boşçiligidagi tadqiqotçilar guruhi Uran atrofida aylanayotgan ilgari noma’lum bölgan tabiiy yöldoşni aniqladi va şu tariqa sayyoraning ma’lum yöldoşlari sonini 29 taga yetkazdi», deyiladi xabarda.

Agentlikning qayd etişiça, yöldoş 2025 yil 2 fevralda kuzatuvlar davomida aniqlangan.

Yangi yöldoşning diametri 10 km deb taxmin qilinmoqda. Bunday kiçik ölçam, ehtimol, 1986 yilda Uran yaqinidan uçib ötgan Voyager-2 zondi uçun körinmas bölgan, deb qöşimça qildi NASA.

Yangi yöldoş Uran markazidan taxminan 56 ming km uzoqlikda joylaşgan bölib, Ofeliya va Byanka yöldoşlari orbitalari orasida sayyoraning ekvatorial tekisligida aylanadi.

«Uning deyarli doiraviy orbitasi hozirgi joylaşuvi yaqinida şakllangan bölişi mumkinligini taxmin qilişga imkon beradi», dedi SwRI yetakçi mutaxassisi Mariam El Mutamid.

Uranning dastlabki ikki yöldoşi - Titaniya va Oberon 1787 yilda ingliz astronomi Uilyam Gerşel tomonidan kaşf etilgan. 28-sun’iy yöldoş - S/2023 U1 birinçi marta 2023 yil noyabr oyida Çilidagi Las-Kampanas rasadxonasida aniqlangan.