Milliarder Ilon Mask yangi partiya tuziş jarayonini töxtatdi, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

Naşr ma’lumotlariga köra, milliarderning qaror qabul qilişidagi asosiy omillardan biri uning vitse-prezident Jyeyms Vens bilan yaxşi munosabatlarni saqlab qolişga intilişidir. U MAGA siyosiy harakatining ehtimoliy vorisi hisoblanadi.

Ta’kidlanişiça, Ilon Mask 2028 yilda AQŞ prezidentligiga nomzodini qöyişga qaror qilsa, Vensni qöllab-quvvatlaş uçun öz resurslaridan foydalaniş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Ilon Mask şu yil iyun oyida Qöşma Ştatlarda yangi siyosiy kuç — «Amerika partiyasi»ni taşkil qiliş niyatida ekanini aytdi. Bu haqda milliarder AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan kelişmovçiliklar ortidan ma’lum qildi.

Maskning ta’kidlaşiça, yangi partiya «amerikaliklarning 80 foizini markazçi qaraşlarini» ifodalaşi mumkin.

Bundan oldinroq, Mask Tramp va’da qilgan soliq imtiyozlarini amalga oşirişga qaratilgan qonunini tanqid qilgandi. Bunga javoban Tramp uni aqldan ozganlikda aybladi. Şundan söng, ikkalasi örtasida özaro ayblovlar bilan ommaviy mojaro kelib çiqdi.