«Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş tizimi natijadorligini yanada oşirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qaror bilan «Kriminogen vaziyati murakkab va oğir mahallalarda «namunali xavfsiz köça» va «namunali xavfsiz uy» taşkil etiş» böyiça talablar tasdiqlandi.

«Namunali xavfsiz köça» va «namunali xavfsiz uy» taşkil etişga oid infratuzilmaviy talablar quyidagilar:

- tungi vaqtda köçaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi töliq yoritilişi;

- berk köçalar, içki yölaklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilişi ehtimoli bölgan qoronğu hududlarning qisman yoritilişi;

- transport vositalari uçun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berişi;

- köçalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinişi;

- qarovsiz yertöla, çordoq va çiqindixonalar mavjud bölmasligi.

Kriminogen vaziyat oğir mahallalarda «namunali xavfsiz köça» va «namunali xavfsiz uy» taşkil qiliş böyiça aniq vazifalar har çorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida işlab çiqiladigan «yöl xaritalariga» manzilli kiritiladi.

«Mahalla yettiligi» tomonidan «namunali xavfsiz köça» boşi va oxiriga, şuningdek, «namunali xavfsiz uy»ga uşbu ijtimoiy maqomni bildiradigan stiker örnatiladi.