Qirğizistonda manzil-koloniyalar yopiladi. Bu haqda 19 avgust kuni bölib ötgan brifingda adliya vaziri Ayaz Bayetov ma’lum qildi, deb xabar berdi «Kabar».
Bayetovning tuşuntirişiça, jazoni ijro etiş muassasalari bor - bu qamoqxonalar, manzil-koloniyalar ham bor, ammo u yerga mahkumlar faqat röyxat va nazoratdan ötiş uçun boradi.
«Ammo mahkumlar manzil-koloniyalarga bormay qöydi. Keyin biz probatsiyani joriy qildik va bu ikki tizim bir-birini takrorlaydigan bölib çiqdi. Kadrlar yetişmovçiligi ham bor edi. Endi bu manzil-koloniyalar tugatilib, barçasi probatsiya tizimiga ötkaziladi», dedi Adliya vazirligi rahbari.
Uning sözlariga köra, 10 dan ortiq manzil-koloniya yopiladi. Tegişli farmonni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov 4 avgust kuni imzolagan.











