AQŞ prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ölimidan söng jannatga kirişni istayotganini va bunga Ukrainadagi uruşni tugatiş borasidagi sa’y-harakatlari yordam berişiga umid qilişini aytdi.

«Men bu uruşning tugaşini istayman. U yerda amerikalik askarlar halok bölmayapti, asosan ruslar va ukrainlar jabr körmoqda. Agar men har hafta 7 ming kişining halok bölmasligiga erişsam, ajoyib böladi», dedi u.

Tramp sözlariga köra, u jannatga kirişga umid qilmoqda, garçi «bu joyga loyiq bölişni unçalik yaxşi uddalay olmayapti».

«Ammo baribir jannatga kirişga erişsam, aynan şu [Ukrainadagi uruşni tugatiş] buning sabablaridan biri böladi», deb qöşimça qildi Tramp.

Şuningdek, u avvalroq Hindiston va Pokiston örtasidagi ziddiyatning avj olişini töxtatişga muvaffaq bölganini eslatdi.

«Öylaymanki, men öşa vaziyatda köplab odamlarning hayotini saqlab qoldim. Ular allaqaçon uruşga tayyorgarlik körgan, samolyotlarni urib tuşirgan va agar voqealar rivojiga yöl qöysam, bu yadroviy mojaroga aylanişi mumkin edi. Men har ikki tomon bilan muzokara olib bordim va jangovar harakatlar davom etar ekan, ular bilan savdo şartnomalarini imzolamasligimni aytdim. Men ularga qönğiroq qildim va tinçlikka erişildi», deb ta’kidladi Amerika prezidenti.