Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

«Putin yaqin ikki haftada Zelenskiy bilan uçraşişga va’da berdi» – Oq uy

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt brifing ötkazib, Putin va Zelenskiy örtasidagi uçraşuvga tayyorgarlik haqida ma’lumot berdi. Uning aytişiça, AQŞ vitse-prezidenti J.D. Vens, davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff Putin va Zelenskiy uçraşuvini tezlaştiriş uçun harakat qilmoqda.

«Putin va Zelenskiy muzokaralar stoli atrofiga ötirişga rozi böldi. Ularning uçraşuviga tölaqonli tayyorgarlik ketmoqda. Putin yaqin ikki hafta içida Zelenskiy bilan şaxsan uçraşişga va’da berdi. AQŞ Rossiya bilan bölajak uç tomonlama muzokaralarni ötkaziş uçun köplab ehtimoliy joylarni muhokama qilmoqda», dedi Oq uy sözçisi.

AFP naşrining yozişiça, Putin Zelenskiy bilan uçraşuvni Moskvada ötkazişni taklif qilgan. Bu taklif Tramp bilan suhbatda yangragan, lekin Zelenskiy Moskvaga boriş taklifini rad etdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uçraşuv Jyenevada bölişi mumkinligini aytdi. Putinni hibsga oliş uçun order bergan Xalqaro jinoiy sud a’zosi hisoblangan Şveytsariya hukumati esa Putinga safar vaqtida daxlsizlik berişga tayyorligini rasman e’lon qildi. Ğarb naşrlarida uçraşuv ötkazilişi mumkin bölgan boşqa joylar qatorida Rim va Budapeşt şaharlari ham tilga olinmoqda.

Bundan taşqari u Ukrainaga kafolatlar haqida gapirib, xavfsizlik kafolatlari doirasida Ukrainada AQŞ qöşinlari bölmasligini, lekin muvofiqlaştiriş işlarida yordam berilişini ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya hukumati yaqin kunlarda Yevropa harbiy amaldorlari AQŞ vakillari bilan uçraşib, Ukrainaga «xavfsizlikning işonçli kafolatlarini işlab çiqiş» masalasini körib çiqadi.

Bloomberg manbalariga köra, birinçi bosqiçda ukrainalik harbiylarni öqitiş va şaxsiy tarkibni töldiriş orqali Ukraina armiyasini mustahkamlaş közda tutilgan. Bu iş bilan asosan yevropalik harbiylardan iborat köp millatli guruh şuğullanadi. Buyuk Britaniya va Fransiya esa front çiziğidan uzoqda joylaştiriladigan yuzlab askarlarini Ukrainaga yuborişi kutilmoqda. Umuman olganda, Yevropaning 10 ga yaqin davlati Rossiya–Ukraina uruşi tugaganidan keyin öz qöşinlarini Ukrainaga yuborişga tayyorligini bildirgan.