Bu safar hazillar va özaro hurmat: özbek tilida töliq versiya
|21:35 / 21.08.202525 97922 min
AQŞ prezidenti 15 avgust kuni Putin bilan Alyaskada körişgaç, oradan 2 kun ötib, Zelenskiy Vaşingtonga bordi. Ukraina prezidentiga Yevropaning 7 nomdor siyosatçilari hamrohlik qildi. Bu fevral oyidagi tortişuvli uçraşuvdan keyin AQŞ va Ukraina prezidentlarining Oq uyda birinçi marta körişişi edi. Men 6 ta uruş körganman, Ukraina uruşini tugatiş – eng osoni böladi deb öylagandim, lekin bunday bölib çiqmadi, deydi Tramp matbuotga yuzlanarkan.
Kun.uz Zelenskiy va Tramp uçraşuvini töliq özbek tilida taqdim etadi.
Donald Tramp: Xöş, katta rahmat. Ukraina prezidenti biz bilan bölişi – şaraf. Biz köplab yaxşi muzokaralar ötkazdik va menimça, oldinga siljiş bor. Köp jihatdan juda, juda sezilarli ösiş. Rossiya prezidenti bilan yaqinda ötkazilgan uçraşuv va siz bilan bugungi uçraşuvimiz juda muhim. Bizda Yevropadan kelgan yetti nafar juda nufuzli mehmon ham bor va uşbu uçraşuvdan söng darhol biz ular bilan uçraşmoqçimiz. Kelganingiz uçun sizga katta rahmat.
Volodimir Zelenskiy: Katta rahmat, janob prezident. Ruxsat bersangiz, birinçi navbatda, taklifingiz uçun taşakkur bildiraman va qotilliklarni töxtatiş hamda bu uruşni töxtatiş yölidagi sa’y-harakatlaringiz uçun katta rahmat aytmoqçiman. Rahmat. Fursatdan foydalanib, rafiqangiz, Amerika Qöşma Ştatlarining birinçi xonimiga katta rahmat aytaman. U bizning farzandlarimiz, öğirlangan bolalar haqida Putinga maktub yubordi. Mening rafiqam, Ukrainaning birinçi xonimi esa unga xat jönatdi. Bu sizga emas, rafiqangizga. <...> Hamkorlarimizga va uşbu formatni qöllab-quvvatlaganingiz uçun sizga minnatdorçilik bildiramiz, uçraşuvimizdan söng atrofimizda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya va hatto Osiyodan ham yetakçilar bilan ötirişimiz mumkin. Aytmoqçimanki, Ukraina atrofidagi barça hamkorlar bizni qöllab-quvvatlamoqda. Ularga rahmat, taklif uçun sizga ham katta rahmat.
Donald Tramp: Şu yerdaligingiz uçun sizga ham katta rahmat.
(Muxbirlarning savollari boşlanadi)
Muxbir: Rahmat, prezident Tramp. Demak, prezident Zelenskiy, siz bugun X ijtimoiy tarmoğidagi postda şunday deyapsiz: «Rossiya özi boşlagan bu uruşga çek qöyişi kerak». Prezident Tramp, siz esa «agar Ukraina prezidenti Zelenskiy istasa, Rossiya bilan uruşga deyarli darhol çek qöyişi mumkin» deyapsiz. Aslida esa unday emas.
Mavzuga oid
Donald Tramp: Menimça, bu gapim töğri. Fil, biz uçraşamiz deb öylayman. Agar bugun hammasi yaxşi keçsa, uç tomonlama uçraşuv böladi. Va öylaymanki, öşanda uruşni tugatiş uçun haqiqiy imkoniyat yuzaga keladi.
Muxbir: Amerikaning Ukrainani qöllab-quvvatlaşi şu bilan tugaydimi? Bugungi uçraşuv böladimi yoki yöqmi?
Donald Tramp: Men buni heç qaçon ayta olmayman. Bu heç qaçon yölning oxiri emas. Odamlar öldirilmoqda va biz buni töxtatmoqçimiz. Şuning uçun men buni yölning oxiri deb aytmagan bölardim. Yöq, menimça, bizda buni amalga oşiriş uçun yaxşi imkoniyat bor. Köplab odamlar öldirilişi boşlanganiga deyarli tört yil böldi. Ötgan haftada ham köplab odamlar öldirildi. Aytmoqçimanki, millionlab odamlar halok bölmoqda, qandaydir sabablarga köra, har ikki tomondan köp sonli askarlar ölmoqda. Va men prezidentni bilaman, men özimni bilaman va işonamanki, Vladimir Putin ham bu tugaşini xohlaydi.
Muxbir: Siz juma kuni Putin bilan uçraşdingiz. Bugun prezident Zelenskiy keldi. Hozir qaysi tomonda kartalar yaxşiroq?
Donald Tramp: Men bunday demoqçi emasman. Men şunçaki tinçlikka erişmoqçiman. Menga qarang, bu mening uruşim emas. Bu Jo Baydenning uruşi. U bu voqeaga köp jihatdan aloqador bölgan va biz bu tugaşini xohlaymiz. Va hammasi barça uçun yaxşilik bilan tugaşini istaymiz. Ukraina xalqi qattiq jabr kördi.
Ukraina strategiyasi va yöqotişlar haqidagi savollar
Muxbir: Prezident Zelenskiy, siz yana bir neça yil davomida ukrain askarlarini ölimga yuborişga tayyormisiz yoki xaritalar qaytadan çizilişiga rozi bölasizmi?
Volodimir Zelenskiy: Savolingiz uçun rahmat. Demak, avvalo aytişim kerakki, biz har kuni hujum ostida yaşayapmiz. Xabaringiz bor, bugun ham juda köp hujumlar böldi va köpçilik yaralandi. Şuning uçun, Rossiyani töxtatiş uçun biz bu uruşni yakunlaşimiz kerak va bizga amerikalik hamda yevropalik hamkorlar kömagi zarur. Va biz buning uçun qölimizdan kelganini qilamiz. Öylaymanki, biz kuçli odamlar ekanimizni körsatyapmiz va biz Qöşma Ştatlar, şaxsan prezident Trampning bu uruşni töxtatiş ğoyasini qöllab-quvvatladik, bu uruşni tugatişning diplomatik yöliga ega bölmoqçimiz va biz prezident aytganidek, uç tomonlama harakatlarga tayyormiz. Bu juda yaxşi signal. Rahmat.
Tinçlikparvar kuçlar va xavfsizlik kafolatlari muhokamasi
Muxbir: Janob prezident, agar tinçlik kelişuviga erişilsa, siz Amerika tinçlikparvarlarini Ukrainaga yuborişga tayyormisiz?
Donald Tramp: Nima desam ekan, biz Ukraina bilan işlaymiz. Biz hamma bilan işlaymiz va şunday qilamizki, agar tinçlik bölsa, u uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu juda uzoq muddatli böladi. Gap ikki yillik tinçlik haqida ketayotgani yöq, aks holda biz yana şunday vaziyatga tuşib qolamiz. Biz hammasi yaxşi bölişi töğrisida qayğuramiz. Rossiya bilan ham işlaymiz. Ukraina bilan işlaymiz va hammasi yaxşi bölişi uçun harakat qilamiz. Va, öylaymanki, agar tinçlikka erişa olsak, u amalga oşadi. Bunga heç qanday şubham yöq.
Muxbir: Janob prezident, siz hozir xavfsizlik kafolatlari haqida gapirdingiz. Amerika qöşini ham işga solinadimi?
Donald Tramp: Ehtimol, bugun bu haqda sizga xabar berarmiz. Biz, şuningdek, buyuk davlatlarning yetti buyuk yetakçilari bilan uçraşamiz va bu haqda gaplaşamiz. Ularning barçasi jalb etiladi. Lekin yordam köp böladi. Xavfsizlik masalasiga kelsak, yordam köp böladi. Ular mudofaaning birinçi çiziği, çunki ular öşa yerda. Bu Yevropa. Lekin biz ham ularga yordam beramiz. Biz iştirok etamiz.
Uraşning va oldingi mojarolarning asl sabablari
Muxbir: Siz bu uruşning kelib çiqiş sabablarini bartaraf etmasdan, uruş tugamasligini aytyapsiz. Bu uruş kelib çiqişi sabablari haqida tasavvurga egamisiz?
Donald Tramp: Xöş, qarang, uruş tugaş arafasida. Qaçon tugaşini sizga aytolmayman. Ammo uruş tugaş arafasida va bu janob uruş tugaşini istaydi, Vladimir Putin ham uruş tugaşini istaydi. Menimça, butun dunyo bundan çarçagan va biz uni tugatmoqçimiz. Bilasizmi, men oltita uruşga jalb etilganman. Men oltita uruşni hal qilganman va bunisini tugatiş eng osoni bölsa kerak, deb öylardim. Lekin bu eng osoni bölib çiqmadi. Bu juda qiyin. Buning sabablari köp va ular bu haqda uzoq gapirişi mumkin. Qarang, Hindiston, Pokiston, biz katta joylar haqida gapiryapmiz. Körganingizda, bu uruşlarning ba’zilariga şunçaki qaraysiz. Afrikaga borasiz, Ruanda va Kongoni, Kongo Respublikasiga qaraysiz. Mana 31 yildirki, şunday davom etmoqda. Şunday qilib, biz jami oltita uruşni töxtatdik, Eronning yadroviy salohiyatini yöq qilganimizni hisobga olmaganda. Bunisi ham hal böladi, deb öylayman. Buni hal qilişimizga işonçim komil.
Muxbir: Rahmat, janob prezident. Bizga Yevropa yetakçilari bilan suhbatlaringiz haqida aytib berolmaysizmi?
Donald Tramp: Xöş, biz juda qudratli, juda katta mamlakatlar va buyuk insonlar, mening döstlarim bölgan katta vakillar oilasi bilan uçraşmoqçimiz. Va biz ba’zi takliflarni kiritmoqçimiz. Ular tinçlikni körişni istaydi.
Hududiy yon berişlar va Birinçi xonimning maktubi haqida savol
Muxbir: Prezident Tramp, agar Ukraina hali Rossiya tomonidan bosib olinmagan hududlaridan voz keçadigan bölsa, mustahkam tinçlikka erişiladi. Va bu Ukraina uçun adolatli tinçlik böladimi?
Donald Tramp: Bizda mustahkam tinçlik böladi. Şunçaki savolingizning birinçi qismiga javob beriş uçun aytaman, bizda mustahkam tinçlik böladi. Umid qilamanki, bu darhol röy beradi. Bu davom etmasligi kerak. Va öylaymanki, butun dunyodagi odamlar bu e’lon qilinganida juda xursand bölişadi.
Muxbir: Siz, janob prezident, ijtimoiy tarmoqlarda Birinçi xonimning juda ta’sirli maktubini joylaştirdingiz. Va xat prezident Putinga topşirildi. Va u mohiyatan bolalar va ularning kelajagi uçun uruşni töxtatişga çaqiradi. Nima uçun birinçi xonim bu xatni zarur deb topdi? U janob Putinni uruşda tajovuzkor deb hisoblagani uçunmi? Xuddi şunday xat prezident Zelenskiyga ham topşiriladimi?
Donald Tramp: Birinçi ledi juda kuçli. Men va siz körayotgan voqealarni u ham köradi. Men siz köra olmaydigan narsalarni köraman va bu dahşatli. U bolalarni juda yaxşi köradi, uning ajoyib öğli bor, u öğlini hammadan, jumladan, mendan ham köproq sevadi. Men buni aytgim kelmaydi, ammo u öğlini juda yaxşi köradi. U bolalarni sevadi. Va u bölayotgan işlarga toqat qila olmaydi. Bu barça uruşlarga taalluqli. Men siz ham televizor orqali körayotgan vayron bölgan qalblar, farzandidan ayrilgan ota-onalar, dafn marosimlarini nazarda tutyapman. Har kuni dafn marosimlari. Biz buni körişni xohlamaymiz. Uning maktubi yaxşi qabul qilindi. U uruş tugaşini qattiq xohlaydi. Va u buni juda oçiq, mağrurlik va çuqur qayğu bilan aytadi, çunki juda köp odamlar halok bölmoqda.
Saylov haqida
Muxbir: Har ikkingizga savolim bor. Birinçi navbatda janob Zelenskiyga. Siz bu kostyumda ajoyib körinyapsiz.
Donald Tramp: Men ham xuddi şunday dedim. Körinişingiz yaxşi. Men ham şunday dedim. Bu ötgan safar sizga hujum qilgan odam.
Volodimir Zelenskiy: Men buni yaxşi eslayman.
Muxbir: Sizdan uzr sörayman, lekin siz hozir ajoyib körinişdasiz.
Volodimir Zelenskiy: Siz esa hamon öşa kostyumda ekansiz. Men özgardim. Siz özgarmabsiz.
Muxbir: Agar tez orada tinçlikka erişilsa, yurtingizda saylov ötkazişga tayyormisiz?
Volodimir Zelenskiy: Ha, albatta. Biz saylovlar uçun oçiqmiz, ha. Ammo biz xavfsizlik çoralariga rioya etişimiz kerak. Biz parlamentda iş olib borişimiz lozim, çunki uruş paytida saylov ötkaziş mumkin emas. Lekin biz xavfsizlikni ta’minlay olamiz. Bizga hamma joyda — jang maydonida, havoda, dengizda sulh kerak, toki odamlar demokratik, oçiq, qonuniy saylovlarga keliş imkoniyatiga ega bölsin.
Donald Tramp: Demak, siz aytyapsizki, uruş vaqtida saylov ötkaza olmayapsiz. Aytmoqçisizki, agar biz ham 3,5 yil davomida kim bilandir uruş holatida bölsak, qaytib saylov ötkazmas ekanmiz-da? O, qanday yaxşi.
Volodimir Zelenskiy: Bu ğoya sizga yoqdi-ya?
Tramp tinçlik uçun harakatlari OAVda yoritilmayotganidan nolidi
Muxbir: Bu haqda söraş men uçun ham bema’nilik bölib tuyuladi, lekin siz Amerika mediasi haqiqatan ham tinçlik kelişuvini xohlamaydi deb öylaysizmi? Çunki siz tinçlik uçun kuraşayotganingizda, ular har qadamda sizga tanqidiy baho berayotgandek körinadi.
Donald Tramp: Bu ajoyib hodisa. Agar men kelişuvga Moskvani, Sankt-Peterburgni va uning atrofidagi ming mil hududni qöşdim desam ham ular meni yomon bitim tuzdi, degan bölardi. Nafrat va duşmanlik darajasi aql bovar qilmaydigan darajada. Hamma bilan ham emas. Aytmoqçimanki, u yerda, yuqorida ajoyib odamlar bor. Yana öylaymanki, u yerda nima yozişni aytib turadigan dahşatli odamlar ham bor. Ammo, bilasizmi, ular bu uruşlarning barçasini hal qilişda haqida yozişmaydi.
Bilasiz, men katta uruşlarning guvohi bölganman. Men 31, 35 va 37 yil davom etgan uruşlarni, şuningdek, ança qisqaroq davom etgan uruşlarni körganman. Bu muzokaralar tez orada keng kölamli kelişuvga aylanişi kerak. Ammo ular bu haqda yozişmaydi. Balki bu ma’lum darajada sizning foydangizga xizmat qilar. Ammo men nima iş qilmayin, qanday kelişuv tuzmayin, menimça, sizga yaxşi böladi. Balki prezident Putin ham yaxşi natija bilan çiqar. Ammo ular Tramp mutlaqo yomon işladi deyişadi.
Men bunga ançadan beri könikib ketganman. Birinçi saylovimdan beri şunday. Ilgari men katta şuhrat qozongandim. Endi esa öz lavozimimda işlagan har qanday odam uçun eng dahşatli maşhurlikka egaman. Odamlar oxir-oqibat faqat özlari hisob-kitob qilişlarini tuşunişini istardim. Juda yaxşi jurnalistlarim ham bor edi. Lekin töğri iş qilganingda bunday bölişi juda qayğuli.
Misol uçun, ular Vladimir Putinning Amerika zaminiga kelişi Donald Tramp uçun katta mağlubiyat bölganini aytişdi. Yöq, uning kelişi haqiqatan ham ajoyib edi. Töğrisini aytganda, buni qiliş unga qiyin böldi. Bu ular aytgan gapning tamoman teskarisi edi. Lekin ular şunday deyişdi. U kelmasa ham buni Tramp uçun yomon deyişadi. Bu prezidentga nisbatan insofsizlik. Menimça, şuning uçun ham u işonçni yöqotgan. Uning işonçi juda past darajada.
Sulh va tinçlik muzokaralari muhokamasi
Muxbir: Ötgan haftada siz agar Rossiya 30 kunlik öt oçişni töxtatişga rozi bölmaydigan bölsa, jiddiy oqibatlar bölişidan ogohlantirgandingiz. Jiddiy oqibatlar böladimi? Uçraşuv tufayli nimadir özgardimi?
Donald Tramp: Bu yil men tuzgan oltita bitimga qarasangiz, hammasi uruşda tuzilgan. Men heç qanday otaşkesim tuzmadim va öt oçişni töxtatiş yaxşi bölişi mumkinligini bilaman, lekin men strategik jihatdan nima uçun u yoki bu davlat buni xohlamasligini ham tuşuna olaman. Örtada sulh bor, ular esa kuç töplayapti, töplayapti va töplayapti, ehtimol, ular şuning uçun buni xohlaşmayotgandir. Ammo biz uzoq muddatli, davomli uruşlarda tuzgan oltita bitimga qaraydigan bölsak, men heç qanday otaşkesimsiz ham hal qildim.
Men otaşkesimni xohlaymanmi? Ha. Men öt oçişni töxtatiş konsepsiyasini bir sababga köra yoqtiraman: bu holda odamlar öldirişni bir-ikki hafta yoki qança kerak bölsa, şunçaga emas, darhol töxtatadi. Ammo biz ular urişayotgan paytda tinçlik kelişuviga erişişimiz mumkin. Ular uruş qilişiga töğri kelyapti. Istardimki, ular töxtasin. Men ular töxtaşini xohlardim, ammo strategik jihatdan bu ikkala tomon uçun ham foydali bölmasligi mumkin. Ammo men kelişuvlarning hammasini otaşkesim töğrisida oğiz oçmasdan ham amalga oşirdim.
Muxbir: Ukrainaga NATO a’zoligisiz xavfsizlik kafolatlari taklif etilmoqda. Aynan qanday kafolatlari haqida gap ketayotganiga aniqlik kirita olasizmi?
Donald Tramp: Biz hali bu borada heç narsa qilmadik. Agar ortga nazar taşlasak va prezident Putindan ança oldin sodir bölgan voqealarga qarasak, Ukraina heç qaçon NATOga qabul qilinmasligi haqida bayonot doimo bölgan. Şunday qilib, şunday bayonot berildi, lekin biz hali heç narsani muhokama qilmadik. Biz bugun buni muhokama qilmoqçimiz. Lekin ularga juda yaxşi himoya, juda yaxşi xavfsizlikni ta’minlaymiz. Bu rejamizning bir qismidir. Bizni kutayotgan ittifoqçilarimiz biz bilan hamfikr. Ular ham yordam berişni xohlaşadi.
AQŞning moliyaviy yordami
Muxbir: Qöşma Ştatlar Ukrainadagi harbiy harakatlar uçun allaqaçon yuzlab milliard dollar ajratdi. Eng yaxşi holatda bu boşi berk köça va qotillik esa davom etmoqda. Xöş, prezident Tramp, Qöşma Ştatlar Ukrainaga yana qança berişga tayyor? Prezident Zelenskiy, siz-çi, yana qança xohlaysiz?
Donald Tramp: Xöş, men şunçaki heç narsa bermasligimizdan boşlayman. Hozir qurol sotyapmiz. Bu ilgari, öylaymanki, 300 milliard dollardan ortiq raqamlar edi, Jo Bayden davrida, u aqlli odam emas, korrupsiyalaşgan siyosatçi edi, bunaqasi heç qaçon bölmagan. Darvoqe, u 40 yil oldin ham aqlli odam bölmagan. Lekin hozir ayniqsa yomon. Bu korrupsiyalaşgan ma’muriyat tomonidan amalga oşirilgan, bunday bölmasligi kerak edi. Va, töğrisini aytganda, agar saylov natijalari töğri bölganida, agar men prezident bölganimda, bu uruş heç qaçon bölmasdi. U esa juda baxtiyor odam bölardi, bu narsalarni körmasdi.
Demoqçimanki, ular jahannamni boşdan keçirişgan. U dözaxdan ötdi. Bu uruş heç qaçon bölmagan bölardi. Ikki million odam, köplab askarlar ölimi va boşqalar bölmasdi. Va sodir bölgan voqealar tufayli boşqa hududlar va boşqa mamlakatlarga köçişga majbur bölgan odamlar, bularning heç biri sodir bölmas edi. Va men şunçaki aytmoqçimanki, çegaralar qanday bölişidan qat’i nazar, u dahşatli prezident edi. U şunçaki dahşatli, poraxör prezident edi.
Zelenskiy qurol xaridi va mudofaa salohiyati haqida
Volodimir Zelenskiy: Katta rahmat. Avvalo, bizda Qöşma Ştatlardan qurol sotib oliş imkoniyati paydo böldi. Biz bu dastur va bu imkoniyatdan minnatdormiz. Biz Yevropadan minnatdormiz. Buning uçun ular pul tölaşadi. NATO dasturlari orqali. Özimizda ham moliyalaştiriş ba’zi dasturlar mavjud. Va bu uruşni moliyalaştiriş emas. Bu xavfsizlik kafolatlari, armiyamizni mustahkamlaş, Ukraina armiyasini qayta qurollantirişning ham bir qismi böladi. Bu juda va juda muhim.
Va bu qayta jihozlaş uçun bizga qança pul kerakligiga boğliq. Masalan, havo hujumidan mudofaa masalasi, biz bu haqda prezident Tramp bilan gaplaşdik. Va men hozir bizda ikki tomonlama yeçimlar borligidan xursandman va biz bu borada Amerika işlab çiqaruvçilari bilan işlaymiz. Misol uçun, Yevropada heç kim Patriot kabi katta havo mudofaa tizimlariga ega emas. Bizga esa bu juda kerak. Bu ham himoya.
Donald Tramp: Va menimça, bilasizmi, menimça, yaxşi yangilik şundaki, biz dunyodagi eng yaxşi harbiy texnikani işlab çiqaramiz. Siz Patriot tizimlarini tilga oldingiz. Ular qançalik yaxşi? Ha bizda şunday tizimlar bor. Ular çindan ham yuz foizga işonçli. Bu haqiqatan ham ikkita öq otişga öxşaydi, bilasizmi? Ikkita öq havoda bir-biriga tegadi, bunday şaroitda imkoniyatlar yuz foiz. Bu 99 foizdan 100 foizgaça.
Şunday qilib, biz NATO jihozlarini sotamiz. Men NATO nima qilayotgani, sizlarda qanday kelişuv borligini bilmayman. Lekin bilamanki, ular sizlarda qurollar bölişini xohlaşadi. Va biz dunyodagi eng yaxşi qurollarni işlab çiqaramiz. Ular esa bizga pul tölaşadi. Bayden davrida hammasi şunçaki ahmoqlik edi. Menimça, bu raqam 300 milliarddan ortiq. Bu 350 milliard dollarlik qurollar va boşqa narsalar bölişi mumkin. Sönggi ikki oy içida biz bu uruşni hal qilişda tört yildagidan köra köproq yutuqlarga erişdik. Bu allaqaçon hal bölişi kerak edi, lekin heç qaçon boşlanmasligi kerak edi.
Xavfsizlik kafolatlari muhokamasi
Muxbir: Xavfsizlik kafolatlari doirasida prezident Trampdan sizga aynan nimalar kerak: Amerika askarlari, razvedka ma’lumotlari yoki texnikalar?
Volodimir Zelenskiy: Barçasi. Barçasi. Aslida u ikki qismni öz içiga oladi. Birinçidan, kuçli Ukraina armiyasi. Men hamksablaringiz bilan mana şuni muhokama qila boşladim. Va bu qurollar va odamlar, öquv missiyalari va razvedka haqida köp narsa. Ikkinçidan, biz buni hamkorlarimiz bilan muhokama qilamiz. Bu katta davlatlarga, AQŞga, köplab döstlarimizga boğliq.
Donald Tramp: Hozir boşqa xonada odamlar kutib turibdi. Ularning hammasi Yevropadan, Yevropadagi eng katta odamlar. Va ular himoya qilişni xohlaşadi. Ular buni juda yaxşi his qilişadi. Va biz ularga bu borada yordam beramiz. Menimça, bu juda muhim. Bitim tuziş juda muhim deb öylayman.
Ukraina xalqiga tilak
Muxbir: Janob prezident, siz ma’muriyatdagi faoliyatingizning birinçi kunidan boşlab Ukrainadagi tinçlikparvarlik işlarida iştirok etdingiz. Hozirda Rossiya hujumlaridan aziyat çekayotgan va Amerika xalqi ular bilan birga bölişiga umid qilayotgan Ukraina xalqiga nima degan bölardingiz?
Donald Tramp: Men ukrainlarni bilaman. Men bu yillar davomida köpçilik haqida bilib oldim. Ular ajoyib insonlar. Ular aqlli. Ular ğayratli. Ular öz yurtlarini sevadilar. Aytmoqçimanki, ular öz mamlakatlarini sevişadi. Men bu uruş tugaşini istayman. Qölimdan keladigani şu. Men ukrain xalqini yaxşi köraman, lekin hamma odamlarni yaxşi köraman. Men rus xalqini ham yaxşi köraman. Uruş töxtaşini istayman. Bu juda muhim.
Muxbir: Janob prezident, Vladimir Putin bilan muzokaralaringizning biror jihati hafsalangizni pir qildimi?
Donald Tramp: Biz şu bugunoq, bu uçraşuvlardan söng telefon orqali suhbatlaşamiz. Bizda uç tomonlama uçraşuv bölişi ham, bölmasligi ham mumkin. Agar bizda uç tomonlama bölmasa, harbiy harakatlar davom etaveradi. Agar uç tomonlama uçraşuvga kelişsak, bizda uruşni yakunlaş uçun yaxşi imkoniyat böladi. U mening qönğiroğimni kutib ötiribdi. Katta rahmat.