Amerikaning United Airlines va Delta Air Lines aviakompaniyalari derazasiz örindiqlarga «derazali örindiq» sifatida sotilgan çiptalar tufayli jamoaviy sud da’volariga duç keldi. Huquqiy da’volar (.pdf) San-Fransisko va Bruklin federal sudlariga topşirilgan.
Qayd qilinişiça, «derazali örindiq» çiptasini sotib olgan yölovçilarning ba’zilari aslida derazalar orasidagi örindiqqa ötirişga majbur bölgan.
Bu iş bilan Greenbaum Olbrantz yuridik firmasi şuğullanmoqda. U derazasiz örindiqlar uçun ortiqça tölovdan norozi bölgan yölovçilar manfaatini himoya qiladi. Da’volarda qayd etilişiça, American Airlines, Alaska Airlines va boşqa aviataşuvçilar muayyan joylarda derazalar yöqligi haqida oldindan ogohlantiradi, United Airlines va Delta Air Lines esa yöq. Greenbaum Olbrantz hisob-kitoblariga köra, javobgar kompaniyalarning har biri kamida 1 millionta derazasiz örindiqqa çipta sotgan.
«Samolyot derazalari injiq bolani öziga jalb qilişi yoki çalğitişi mumkin. Köpçilik odamlar parvoz qilişdan qörqadi, klaustrofobiyadan yoki samolyotda tebranişdan aziyat çekadi, derazalar esa stressli vaziyatlarda ularga köproq qulaylik yaratadi», deyiladi da’vo hujjatida.
Da’vo arizalarida aviaçipta sotib oliş ilovasining skrinşoti körsatilgan, unda yölovçi «Deraza oldida» belgisi bölgan joyni tanlagan, ammo samolyotda derazasiz joyga ötirgan.











