Sudda ta’sirli çiqişlari bilan tanilgan sudya Frenk Kaprio 88 yoşida oşqozon osti bezi saratonidan vafot etdi, deyiladi uning Facebook sahifasidagi bayonotda.
AQŞ Rod-Aylend ştatidagi Providens şahridan bölgan sudyani ba’zilar «Providensda qölga olinganlar» seriali orqali taniydi, uning lavhalari ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Kaprioning 1,6 million obunaçisi bölgan TikTok platformasida ommalaşgan.
«Uning merosi u ilhomlantirgan son-sanoqsiz odamlarning ezgu işlarida yaşaydi. Uning şarafiga biz dunyoga biroz köproq rahm-şafqat olib kelişga harakat qilamiz - xuddi u har kuni qilganidek», deyiladi bayonotda.
Odamlar Kaprioni sud zalidagi rahmdilligi va keçirimliligi uçun «dunyodagi eng mehribon sudya» deb atagan. Serial 2000 yilda efirga uzatilgan va tört marta «Emmi» mukofotiga nomzod bölgan.
Kaprio 1985 yildan 2023 yilgaça Providens munitsipal sudining sudyasi bölib işlagan. 2023 yil dekabr oyida, 87 yoşga tölganidan köp ötmay, Kaprio ijtimoiy tarmoqlarda saraton kasalligiga çalinganini aytib, hissiy videoni joylaştirgan edi.
Uşbu sudya Amerikadagi özbekistonlik talabani ham söroq qilgan va uning jarimasini kamaytitib bergan edi.












