Surxondaryoda energetika sohasining mansabdor xodimiga jinoyat işi qözğatildi, deb xabar berdi DXX.

Qayd etilişiça, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filialining Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tuman bölimi boşliği tuman Suv yetkazib beriş xizmati davlat muassasasi boş mutaxassisi bilan til biriktirib, paxta yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjalikning elektr energiyasidan qarzdorligi bölsa-da, uni umumiy foydalanişda bölgan elektr tarmoğiga qayta ulab beriş va elektron hisoblagiçni qaytarib beriş evaziga 5 mln söm talab qilgan.

DXX va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda ular söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Farğona viloyatida Özbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakçi mutaxassisi 1965 yilda tuğilgan fuqaroning kredit qarzdorligi böyiça tuman Majburiy ijro bölimida unga nisbatan yuritilgan ijro hujjatini tanişlari orqali yöq qilib beriş evaziga 5 million söm olgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Içki işlar organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozir mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.