KXDR yetakçisi Kim Çen In Rossiyaning Kursk viloyatini ozod qiliş operatsiyasida iştirok etgan zobitlarini qabul qildi, deb xabar berdi Koreya Markaziy axborot agentligi.
Kim Çen In Koreya xalq armiyasining xorijiy operativ bölimi qömondonlarining ma’ruzasini tingladi va ularning Kursk viloyatidagi janglardagi iştirokini yuqori baholadi. Harbiylar «xorijiy jangovar operatsiyalardagi ölmas jasoratlari uçun» davlat mukofotlarini topşiriş marosimida iştirok etdi.
«Bizning armiyamiz – qahramon. Çunki armiyamiz qahramon xalqimiz uçun jonini fido qiladigan, özi tarbiyalab voyaga yetkazgan öğlonlardan iborat. Armiyamiz özining noyob fazilatlarini töla namoyon etdi. Bu natija uning dunyodagi eng qudratli armiya unvoni va obro‘-e’tiborini mustahkamladi, bu haqda barçaga aniq tuşunça berdi. Bizning armiyamiz hozir qilişi kerak bölgan işlarni qilmoqda. Kelajakda ham şunday qiladi», dedi Şimoliy Koreya rahbari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Kim Çen In 2024 yil iyun oyida Keng qamrovli şeriklik töğrisidagi şartnomani imzolagan edi. Kuzda tomonlar uşbu hujjatni ratifikatsiya qildi. Uning törtinçi moddasida bir yoki bir neça davlatning qurolli hujumi tufayli tomonlardan biri uruş holatiga tuşib qolsa», barça mavjud vositalar orqali zudlik bilan harbiy yordam körsatiş nazarda tutilgan.
Keyinroq Kim Çen In Şimoliy Koreya harbiylarining Kursk viloyatidagi operatsiyadagi iştirokini «Koreya va Rossiya örtasidagi an’anaviy döstlik va birdamlikni mustahkamlaş böyiça muqaddas missiya» deb atadi. Pxenyanda ular şarafiga jangovar şon-şaraf yodgorligi paydo böladi.
Kim Çen In ötgan oyda Moskvaning Ukrainadagi mojarodagi harakatlarini «sözsiz» qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi va Putin boşçiligidagi Rossiya «albatta ğalaba qozonişiga» işonç bildirdi.











