Toşkentda noqonuniy boşlangan köp qavatli uy qurilişi sabab aholi uylaridan bir neça metr masofada tuproq öpirilişi röy berdi.

Voqea Yakkasaroy tumani Salar köçasida, Dilbuloq mahallasidagi köp qavatli uylar hududida sodir bölgan.

Quriliş inspeksiyasining ma’lum qilişiça, bu yerdagi quriliş işlari “Lyuks Loyiha” MÇJ tomonidan işlab çiqilgan loyiha hujjatlari asosida amalga oşirilmoqda. Loyiha uçun “Arxitektura va şaharsozlik kengaşi” işçi organi hamda “Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning ijobiy xulosalari olingan.

Quriliş obektining A bloki Toşkent şahar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasidan belgilangan tartibda röyxatdan ötgan. Şu kunga qadar inspeksiya tomonidan obektda 10 marta monitoring ötkazilib, 11 ta yozma körsatma berilgan. Şuningdek, quriliş me’yor va qoidalariga rioya qilinmagani sababli buyurtmaçi ikki marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Biroq, loyihaning G4 bloki böyiça vaziyat boşqaça. Bu blok “Arxitektura va şaharsozlik kengaşi”dan ijobiy xulosa olgan bölsa-da, “Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKdan xulosa olinmagan. Şu bois mazkur blok inspeksiyada röyxatdan ötmagan va quriliş işlari noqonuniy boşlangani aniqlandi. Holat yuzasidan inspeksiya tomonidan tegişli tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ma’lumot berilgan.

Şuningdek, örganiş jarayonida buyurtmaçi “Özkommaişiysavdo” MÇJ tomonidan G4 blok uçun kotlovan qaziş işlari olib borilayotganda hududdagi elektr transformatorida nosozlik yuzaga kelgani aniqlangan. Şu sababli kotlovandagi sizot suvlarini çiqariş imkoni bölmagan, natijada suv darajasi kötarilib ketgan. Buning oqibatida qöşni “Grand Capital” MÇJ tomonidan ilgari qurilgan yerosti avtomaşina turar joyining qayta kömilgan joylarida tuproq siljişi yuz berib, sirpanişga sabab bölgan.

Foto: Quriliş inspeksiyasi
Foto: Tashkent_Land Telegram-kanali