Uzbekistan Airways aviakompaniyaning axborot tizimlari xakerlar tomonidan buzilib, yölovçilar va xodimlar haqidagi ma’lumotlar qölga kiritilgani hamda ular sotuvga qöyilgani haqidagi xabarlar böyiça rasmiy bayonot berdi.

Bayonotda aytilişiça, hozirgi vaqtda axborot tizimlariga ruxsatsiz kiriş yoki yölovçilar va xodimlarning şaxsiy ma’lumotlarini oşkor qiliş (komprometatsiya) bilan boğliq birorta ham tasdiqlangan hodisa qayd etilmagan. Barça infratuzilma odatdagi tartibda işlamoqda.

“Bir qator naşrlarda göyoki ma’lumotlar sizib çiqqanining isboti sifatida keltirilgan misollar işonçsiz va haqiqatga töğri kelmaydi. Materiallarda körsatilgan ma’lumotlar bizning axborot tizimlarimizga aloqador emas va dastlabki taxminlarga köra, hodisa mavjudligi haqida notöğri taassurot qoldiriş maqsadida sun’iy ravişda yaratilgan yoki tahrirlangan bölişi mumkin”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ta’kidlanişiça, ayrim ommaviy axborot vositalarida sizdirilgan ma’lumotlar haqida xabarlar tarqalişi munosabati bilan xizmat tekşiruvi ötkazilgan.

“Heç qanday ma’lumotlar komprometatsiya qilinmaganiga qaramasdan, natijalar bundan keyin himoya darajasini yanada kuçaytiriş maqsadida qöllanadi”, deyiladi aviakompaniya bayonotida.