Dam oliş kunlari Özbekiston hududi böyiça havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda «Özgidromet».

23–24 avgust kunlari havo harorati +35…+37 daraja atrofida, janubda va çöl hududlarda +40 darajagaça böladi.

Dam oliş kunlari respublika böyiça nisbatan nam va biroz issiq bölgan kuçsiz havo oqimi kirib kelişi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 2–3 darajaga pasayadi.

Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 12–15 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Harorat juma kunduzi +35…+37 daraja, yakşanba kuni +32…+35 daraja böladi, keçalari +20…+22 daraja böladi.