Özbekiston Markaziy banki 25 avgustdan boşlab xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQŞ dollari kursi kunlik savdolar yakuniga köra yana 56,7 sömga öz qiymatini yöqotdi.

Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket uçinçi savdo kuni sömga nisbatan pasayib, deyarli 168 sömga (1,3 foiz) — 12 525 sömdan 12 357 sömga arzonlaşdi. Bu – 2024 yilning 6 yanvaridan (12 355 söm) beri qayd etilgan eng past körsatkiç.

Yil boşidan buyon milliy valuta AQŞ valutasiga nisbatan 4,2 foizga mustahkamlandi. Taqqoslaş uçun, 2024 yilning mos davrida söm 2,6 foizga (12 352 sömdan 12 677 sömga) qadrsizlangan edi.

Kun davomida Amerika valutasini 12 430 sömdan boşlab sotib oliş mumkin böldi. 

Ayni paytda söm kursining mustahkamlanişiga pul ötkazmalari oqimining köpayişi, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning oşişi, asosiy hamkor davlatlar milliy valutalarining barqarorlaşişi va oltin narxining qimmatlaşişi fonida eksportning ösişi va savdo taqçilligining qisqarişi kabi omillar ta’sir qilayotgan bölişi mumkin.