Farğona viloyatida korrupsiyaga qarşi kuraşişga mas’ul şaxslar pora bilan qölga tuşdi. Bu haqda «Hudud» dasturida xabar berildi.

Ma’lum bölişiça, Farğona hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarşi kuraşiş va komplayens nazorat bölim boşliği viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi boş muhandisi 2024 yildagi 9 oylik faoliyati davomida yöl qöygan kamçiliklarni rahbarga aytmaslik evaziga 1500 AQŞ dollari talab qilgan.

Mansabdor şaxs pullardan 1000 dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Keyinçalik bu jinoyatga jamiyatning xodimlar bilan işlaş bölimi boşliği ham aloqadorligi aniqlangan.

Qayd qilinişiça, sud hukmi bilan bu şaxslarga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqi 2 yil muddatga çeklanib, 2 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.