Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda fuqarolardan olib qo‘yilgan yer uchun hokimlikdan kompensatsiya undirildi
Da’vogarlar foydasiga tuman hokimligidan 441 million so‘m miqdorida kompensatsiya undirildi.
Jizzaxda fuqarolardan olib qo‘yilgan yer uchun hokimlikdan kompensatsiya undirildi, deb xabar berdi MIB.
Qayd qilinishicha, 2 nafar fuqaroga tegishli yer maydonining bir qismi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olinganiga qaramay, ularga o‘z vaqtida kompensatsiya puli to‘lanmagan.
Shundan so‘ng, ular sudga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan da’vogarlar foydasiga javobgar tuman hokimligidan 441 million so‘m miqdorida kompensatsiya undirish belgilangan.
Sud hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borilib, hokimlikdan 2 nafar fuqaro foydasiga 441 million so‘m miqdorida kompensatsiya pullari undirilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
09:05 / 12.01.2026
Harbiy xizmatchilarga uy ijarasi uchun kompensatsiya: kimlarga, qancha va qanday tartibda?
14:54 / 08.01.2026
Til sertifikati, ishchi viza, chipta: migratsiya jamg‘armasidan kompensatsiya beriladi
14:57 / 07.01.2026