Manbaga köra, endi Kreml Oq uyni xavfsizlik kafolatidan voz keçişga va AQŞ yangi sanksiyalaridan qoçiş uçun Rossiya va Ukraina örtasidagi uçraşuvlarni mamlakat prezidentlaridan quyi darajadagi amaldorlargaça pasaytirişga köndirişi mumkin.
Bloomberg suhbatlaşgan Yevropaning bir neça yuqori martabali amaldorlari va diplomatlari Lavrovning bayonotlarini jarayonni çözişga uriniş sifatida körmoqda va Putin kelişuv tuzişga tayyorligiga şubha qilmoqda.
Bir kun avval Sergey Lavrov Alyaskadagi sammitdan söng «Yevropa davlatlari Zelenskiyning ortidan Vaşingtonga borgani» va u yerda «xavfsizlik kafolatlari Rossiyani izolyatsiya qiliş mantiğiga köra qurilişiga» qaratilgan «öz kun tartibini ilgari surişga» uringanini aytdi. «Albatta, bu bizda töliq rad etişdan boşqa heç qanday his-tuyğuni uyğotmaydi», deb qöşimça qildi u.
Lavrov sözlariga köra, «jamoaviy xavfsizlik masalalarini» Rossiyasiz hal qiliş takliflari aslo maqbul emas. U 2022 yil bahorida Istanbulda bölib ötgan muzokaralarni yana bir bor eslatdi va Rossiya öşa paytda taklif qilingan xavfsizlik kafolatlarini jamoaviy taqdim etiş tamoyilini «mutlaqo tabiiy va bugungi kunda dolzarb» deb hisoblaşini aytdi. Ukraina delegatsiyasi öşa muzokaralarda kelişuvga Rossiya, Xitoy, Fransiya, AQŞ va Buyuk Britaniyani öz içiga olgan BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zolari tomonidan xavfsizlik kafolatlarini işlab çiqiş töğrisidagi bandni kiritişni taklif qilgan edi.
Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari Oq uydagi muhokamalarning asosiy mavzularidan biriga aylandi, u yerda Donald Tramp 18 avgust kuni Volodimir Zelenskiy va Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uçraşdi.
Uçraşuvdan söng, Tramp Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari Yevropaning turli davlatlari tomonidan AQŞ bilan kelişilgan holda taqdim etilişini aytdi, biroq bunda Amerika qanday rol öynaşiga aniqlik kiritmadi. Yevropa davlatlari, öz navbatida, Ukrainada kontingent joylaştirişni muhokama qilmoqda, ammo hozirça ular örtasida bu masalada birlik yöq, garçi Fransiya va Buyuk Britaniyada harbiylarni jönatişga tayyor ekanini bildirgan bölsa-da. Moskva ilgari ham Ukrainada xorijiy qöşinlarning bölişi Rossiya uçun «mutlaqo nomaqbul» ekanini bir neça bor ta’kidlagan.












