«Qişloq xöjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişni yanada jadallaştiriş orqali samaradorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga köra, qişloq xöjaligi taşkilotlariga robototexnika, dron va boşqa qurilmalar yordamida xizmatlar körsatiladi.

Dron xizmatlaridan foydalaniş uçun «Raqamli qişloq xöjaligi» (Agroportal) orqali ariza beriş, şartnomalarni tuziş va tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati yaratiladi.

Agroportal orqali uçiş balandligi 30 metrgaça bölgan dron yordamida körsatiladigan xizmatlar vakolatli idoralar bilan kelişilgan hududlarda yillik ruxsatnomalar asosida taqdim etiladi.

Şuningdek, Agroportalda quyidagi xizmat turlari joriy qilinadi:

- 2025 yil 1 dekabrdan ikkilamçi ijaraga beriladigan yerlarni belgilaş, ijara şartnomasini tuziş, davlat röyxatdan ötkaziş va tölovlarni amalga oşiriş;

- 2026 yil 1 martdan qişloq xöjaligi yerlari toifasini özgartiriş yuzasidan arizalar beriş, ularning holatini onlayn kuzatib boriş va natijalarini taqdim etiş.