AQŞ davlat kotibi Marko Rubio X tarmoğidagi sahifasida mamlakat hukumati xorijlik yuk maşinalari haydovçilariga işçi viza berişni zudlik bilan töxtatişini ma’lum qildi. 

«AQŞ yöllarida tirkamali ulkan yuk maşinalarini boşqaruvçi xorijlik haydovçilar sonining köpayib borayotgani amerikaliklar hayotini xavf ostiga qöymoqda va amerikalik haydovçilarning daromadlariga putur yetkazmoqda», — deb yozdi Rubio.

Ma’lumotlarga köra, ayrim xorijliklarga AQŞga kiriş uçun viza olişda qöşimça 15 ming dollargaça garov puli kerak böladi. Garov puli xorij fuqarosi AQŞdan öz vaqtida çiqib ketayotganida qaytarib beriladi.  

Avvalroq AQŞ Davlat departamenti amaldagi Amerika vizasiga ega bölgan 55 milliondan ortiq xorijlikning migratsiya qonunçiligini buziş ehtimoli böyiça tekşirayotganini ma’lum qilgandi.