Isroil mudofaa vaziri Ğazo şahrini okkupatsiya qiliş rejasini tasdiqladi. Rasman 20 avgust kuni boşlangan operatsiya “Gideon jang aravalari – 2” deb nomlandi va Hamasni töliq yöq qilişni maqsad qilgan. “Geosiyosat” dasturida Ğazo va uning atrofidagi sönggi voqealar yuzasidan siyosatşunoslar Şavkat Ikromov va Alouddin Komilov söz yuritadi.

— Ğazo atrofidagi vaziyat qanday va Isroilning “Gideon aravalari-2” operatsiyasidan asosiy maqsad nima?

Şavkat Ikromov: 2023 yil oktyabridan buyon Ğazodagi vaziyat tinimsiz yomonlaşib bormoqda. Boşlangan harbiy töqnaşuvlar çuqur gumanitar inqirozga aylangan. Oziq-ovqat tanqisligi, oçarçilik, kasalliklarning tarqalişi va tinimsiz bombardimonlar natijasida qurbonlar soni ortib bormoqda.

Tomonlar örtasida murosaga erişiş borasida heç qanday yutuq yöq. Misr va Qatar kabi davlatlarning vositaçilik urinişlari ham samarasiz böldi. Bu davlatlar endilikda faol vositaçilik rolini öynay olmayapti. 20 dan ortiq Ğarb davlatlari, jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ukraina va Fransiya Isroilga xalqaro jurnalistlar va mustaqil tekşiruvçilarni Ğazoga kiritiş talabini qöymoqda. Bu talab ayniqsa Ğarb davlatlari tomonidan kuçli qöllanmoqda. Arab yoki musulmon davlatlaridan esa bu borada unça katta bosim kuzatilmayapti.

Dastlab oçarçilik haqidagi ma’lumotlarga ayrim doiralar işonçsiz deb qaragan bölsa, yaqinda Isroilning özidagi olimlar va tibbiyot mutaxassislari Ğazoda keng kölamli oçarçilik mavjudligini tasdiqlovçi hisobotlar e’lon qildi.

Isroil armiyasi tomonidan olib borilgan “Gideon aravalari” nomli harbiy amaliyot ikki bosqiçdan iborat. Birinçi bosqiçi may oyida boşlanib, avgustgaça davom etdi. Rasmiy bayonotlarga köra, bu operatsiya muvaffaqiyatli bölmagan, natijada hozir ikkinçi bosqiçi boşlandi. Operatsiya nomi diniy manbadan olingan bölib, yahudiylar muqaddas kitobidagi Gideon obraziga tayangan. Bu obraz tarixiy jihatdan duşmanlarga qarşi mutlaqo şafqatsiz kuraşni anglatadi.

Dastlabki “Gideon aravalari” operatsiyasidan maqsad – Hamasni yöq qiliş, taşkilotni harbiy va siyosiy jihatdan zaiflaştiriş; Ğazoning ayrim hududlarini nazoratga oliş, töliq egallaş emas, balki strategik hududlarda nazoratni saqlab qoliş; oziq-ovqat tarqatiş ustidan nazoratni qölga oliş edi.

Isroil oziq-ovqat yordamlarini tarqatiş paytida Hamas a’zolari tinç aholi qiyofasida yordamlarni egallab olayotgani, şu sababli oziq-ovqat taqsimotini öz nazoratiga olişi zarurligini da’vo qildi. Şu sababli markaziy va janubiy hududlarda ştablar taşkil qilinib, taqsimot jarayoniga aralaşildi. Ammo köplab holatlarda oziq-ovqat olişga kelgan tinç aholiga qarata öq uzildi.