Özbekiston va Qatar örtasida imtiyozli savdo töğrisidagi bitim ham tayyorlanadi. Buni vazir Laziz Qudratov Qatarning davlat va biznes sektori vakillari bilan uçraşuvlarida aytdi.
Tadbirlarda Qatar Pharma, Tamam International, Almana Group, Ariane Real Estate, Retaj Group, Al Mansour Group, Petro White, Qatar Mining, Global Infrastructure Partners, Qatar Investment Authority va Al Jabor Trading kabi yetakçi kompaniyalar rahbarlari qatnaşgan.
Özbekiston tomoni energetika, farmatsevtika, maşinasozlik, quriliş materiallari, oziq-ovqat va töqimaçilik sanoati, foydali qazilmalarni qazib oliş va qayta işlaş, turizm yönalişlarida investitsiya imkoniyatlarini taqdim etdi.
Endi ikki davlat biznes doiralari farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylaştirmoqçi, quriliş va köçmas mulk sohalarida loyihalarni amalga oşirişga kelişib olingan. Şuningdek, «aqlli» şahar hududlarini rivojlantiriş, foydali qazilmalarni qazib oliş va qayta işlaş, turizm infratuzilmasi va mehmonxona biznesiga investitsiyalar kiritiladi.

2026 yilda Dohada Made in Uzbekistan körgazmasini ötkaziş hamda Özbekiston—Qatar biznes kengaşini taşkil etişga ham ikki tomon rozi bölgan.











