Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Ğazo şahrida rasman oçarçilik boşlandi
Ğazo şahri va uning atrofidagi hududlarda rasmiy ravişda oçarçilik boşlangani aniqlandi va bu holat kengayib borişi kutilmoqda. Bu xulosani 22 avgust kuni BMT qöllovidagi IPC kuzatuv taşkiloti e’lon qildi. Mazkur baho sektorga köproq yordam kirişiga ruxsat beriş uçun Isroilga bosimini kuçaytirişi kutilmoqda.
IPC ma’lumotiga köra 514 ming kişi, ya’ni Ğazodagi falastinliklarning çorak qismi oçarçilikdan aziyat çekmoqda. Bu körsatkiç sentabr oxiriga borib 641 ming nafarga yetişi kutilmoqda. Ularning 280 ming nafari Ğazo şahri hududini qamrab oluvçi şimoliy qismda joylaşgan. Reuters naşrining yozişiça, bu IPC tomonidan Afrikadan taşqarida ilk bor oçarçilik qayd etilişi böldi.
Isroil bu hisobotni tarafkaş deb rad etdi. Isroil Taşqi işlar vazirligi IPC tadqiqoti asosan Hamas taqdim etgan qisman ma’lumotlarga asoslanganini, yaqin orada kiritilgan oziq-ovqat yuklari hisobga olinmaganini aytmoqda.
Hudud oçarçilik sifatida tasniflanişi uçun — aholining kamida 20 foizi öta keskin oziq-ovqat tanqisligidan aziyat çekişi, har uç bola içidan biri oğir darajada töyib ovqatlanmasligi va har kuni har 10 ming kişidan kamida ikki nafari oçlik yoki ovqatlaniş yetişmovçiligi hamda kasalliklardan vafot etişi kerak.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Ğazodagi oçarçilikni «inson qöli bilan yaratilgan falokat, axloqiy ayblov va insoniyatning öz vazifasini bajarmagani» deb atadi. BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Volker Turk esa Ğazodagi oçarçilik Isroil hukumati harakatlari natijasi ekanini ta’kidladi va oçlikdan ölim uruş jinoyatiga tenglaşişini aytdi.
Isroil ayni vaqtda barça Ğazoga kiriş nuqtalarini nazorat qiladi. BMT esa uzoq vaqtdan beri yordam Ğazoga kirişi va uruş hududi böylab tarqatilişida tösiqlar mavjudligidan şikoyat qilib keladi.
Xalqaro bosimlarga qaramay Isroil Ğazo şahrida yangi uruş boşlagan. Al-Jazeera naşrining tibbiy manbalarga tayanib ma’lum qilişiça, keça kun davomida Isroilning Ğazoga uyuştirgan hujumlari oqibatida kamida 65 nafar falastinlik halok bölgan. Ulardan 37 nafari Ğazo şahrida öldirilgan, bu yerda Isroil kengroq rejalaştirilgan hujum oldidan zarbalarni kuçaytirmoqda.
Isroilning havo hujumi Ğazo şahridagi Şayx Radvan mahallasidagi bir maktabni nişonga olgan. Bu hududda önlab falastinliklar maktab hovlisida qurilgan vaqtinçalik çodirlarda boşpana izlayotgan edi. Falastin soğliqni saqlaş vazirligining juma kuni ma’lum qilişiça, hujum oqibatida kamida 12 nafar tinç fuqaro halok bölgan.
Tramp yana Rossiyaga sanksiyalar bilan tahdid qildi
AQŞ prezidenti Donald Tramp 22 avgust kuni yana Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaş bilan tahdidni yangiladi. Uning aytişiça, agar ikki hafta içida Ukrainada tinçlik yölidagi kelişuv böyiça heç qanday siljiş bölmasa, yangi çoralar köriladi.
«Men qaror qabul qilaman va bu juda muhim qaror böladi. Bu – yoki ulkan sanksiyalar, yoki ulkan tariflar, yoki ikkalasi birgalikda böladi. Yoki biz umuman heç narsa qilmaymiz va 'bu sizning janjalingizʼ deymiz», – dedi Tramp.
Tramp şu hafta Ukrainadagi Amerika zavodiga Rossiya uyuştirgan hujumidan norozi ekanini bildirdi. Hujum natijasida yonğin çiqib, zavod işçilaridan ayrimlari jarohatlangan. «Men bundan xursand emasman va umuman bu uruşga aloqador heç narsadan xursand emasman», – dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.
Zelenskiy bir neça bor Putin bilan yuzma-yuz uçraşuv bölişini talab qilib kelmoqda, çunki uning sözlariga köra, uruşni tugatiş böyiça muzokara qilişning yagona yöli şudir. Zelenskiyga köra, bunday uçraşuvga Rossiya tomoni tösqinlik qilmoqda. Rossiya boş diplomati Sergey Lavrov esa bunday uçraşuv uçun kun tartibi tayyor emasligini bildirdi.
Lavrovning fikrlariga javoban va keyingi qadamlar haqida söralganda Tramp jurnalistlarga juma kuni şunday dedi: «Xöş, köramiz. Putin va Zelenskiy birga işlaşadimi-yöqmi, buni köramiz. Bu biroz moy va sirka aralaşgandek holat».
Rossiya 2022 yilda Ukrainaga qarşi boşlagan keng kölamli bosqini oqibatida minglab ukrainalik tinç aholi halok böldi. Tahlilçilarning hisob-kitoblariga köra, ikki tomonning umumiy yöqotişlari bir milliondan oşgan, bu öldirilgan yoki yaralangan askarlar. Hozir ham janglar töxtamayapti, har ikki tomon energetika inşootlariga ham hujum qilmoqda.
Qiyinlaşayotgan AQŞ vizasi
AQŞ Davlat departamenti 21 avgust kuni amaldagi Amerika vizasiga ega bölgan 55 milliondan ortiq xorijlikning migratsiya qonunçiligini buziş ehtimoli böyiça tekşirayotganini ma’lum qildi.
APning yozişiça, davlat departamenti AQŞ vizalari egalarining qoidalarga muvofiqligini «doimiy ravişda» tekşirib turadi. Xususan, idora viza muddati ötgan-ötmaganini, şaxsning jinoyatçilik yoki terrorizmga aloqadorligini örganadi. Agar çet ellik bu talablarni buzgan bölsa, uning vizasi bekor qilinadi. Agar u AQŞ hududida bölsa, mamlakatdan çiqarib yuboriladi.
Donald Trampning 2025 yil yanvaridagi inauguratsiyasidan beri idora ötgan yilning şu davriga nisbatan ikki baravar köp vizani bekor qilgan. Şu bilan birga, bekor qilingan talaba vizasi soni tört baravar oşgan.
Bundan taşqari, davlat kotibi Marko Rubio AQŞ — xorijlik yuk maşinalari haydovçilariga işçi viza berişni zudlik bilan töxtatişini ma’lum qildi.
«AQŞ yöllarida tirkamali ulkan yuk maşinalarini boşqaruvçi xorijlik haydovçilar sonining köpayib borayotgani amerikaliklar hayotini xavf ostiga qöymoqda va amerikalik haydovçilarning daromadlariga putur yetkazmoqda», - deb yozdi Rubio.
Ma’lumotlarga köra, ayrim xorijliklarga AQŞga kiriş uçun viza olişda qöşimça 15 ming dollargaça garov puli kerak böladi. Garov puli xorij fuqarosi AQŞdan öz vaqtida çiqib ketayotganida qaytarib beriladi.
Lukaşenko: Putin «Oreşnik» bilan Ukraina prezidenti ofisiga zarba berişga rozi bölmagan
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko 22 avgust kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatida muhokama qilingan tinçlik rejasini bayon qildi. Belarus rahbarining aytişiça, avvalo «havo sulhi» örnatiş va töqnaşuv çiziğida öt oçişni töxtatiş haqida bölişi mumkin.
«Ya’ni raketalar, dronlar bir tomonga ham, boşqa tomonga ham uçmaydi. Bu juda muhim. Rossiya uçun ham muhim. Özingiz köryapsiz, aerodromlarga zarba berilsa, Rossiya içidagi neft bazalari portlatilsa, turar joylarga, zavodlarga zarba berilsa – bundan Rossiya uçun heç qanday foyda yöq. Putin buni mendan kam tuşunmaydi. Demak, Rossiyaga bunday uruş kerak emas. Ukrainaga ham şunday. Ular Oreşnik bilan yirik zavodga, yer ostida 8–10 qavatli obektga zarba bergaç, ukrainlar tuşundi: bu jiddiy. Axir ular Kiyevdagi ma’muriy binolar joylaşgan Bankovaya köçasiga ham zarba berişlari mumkin edi», – dedi Belarus yetakçisi.
Uning qayd etişiça, Rossiya tomonida mojaroni keskin kuçaytiriş imkoniyati bölgan, çunki ular yangi qurol – «Oreşnik» majmuasini Kiyev rejimi uçun sezilarli obektlarga işlatişi mumkin edi. Ammo bu amalga oşirilmagan.
«Insayder ma’lumot sizlarga: Rossiyada bunday rejalari bölgan odamlar bor edi (kimligini aytmayman). Putin esa: 'Heç qaçon!ʼ dedi. Ular 'Oreşnikʼ bilan qaror qabul qiliş markazlariga zarba berişga tayyor edi. Agar urişganda, u yerda heç narsa qolmas edi», – dedi Lukaşenko.
Uning ta’kidlaşiça, tinçlikka erişiş uçun bir neça bosqiçdan ötiş lozim. Eng asosiysi esa – janglarni töxtatiş va odamlar ölimiga çek qöyişdir.
Niderlandiya taşqi işlar vaziri Isroil tufayli iste’foga çiqdi
Niderlandiya taşqi işlar vaziri Kaspar Veldkamp Isroilga qarşi qöşimça çoralar haqidagi takliflari koalitsiya hamkorlari tomonidan rad etilgaç, iste’foga çiqdi.
Mahalliy xabarlarga köra, Veldkamp hukumat allaqaçon muhim qadamlar qöyganini aytgan, biroq u Ğazo şahri va Ğarbiy Sohildagi vaziyat yuzasidan yanada keskinroq çoralar körişga majbur bölganini his qilgan. Uning aytişiça, koalitsiyadagi ikki partiya yangi çoralarni qöllaşga qarşi çiqqani bois öz rejalari amalga oşişiga işonçi qolmagan va iste’fo berişga qaror qilgan.
Veldkampning iste’fosi, u parlamentga Isroilga qarşi «zarur» deb atagan çoralarni kiritişga va’da berganidan keyin yuz berdi.
Veldkampning iste’fosidan söng, Niderlandiya siyosiy partiyasi NSC özining barça vazir va davlat kotiblarini vaqtinçalik hukumatdan çiqardi. NSC yetakçisi va boş vazir örinbosari Eddi van Xyum şunday dedi: «Isroil hukumati harakatlari xalqaro şartnomalarni buzmoqda. Endi çiziq tortilişi kerak. Hukumatda qolişimiz işonçli bölmay qoldi».
Bu iste’folar içki işlar, ta’lim va soğliqni saqlaş kabi muhim vazirliklarni rahbarsiz qoldirdi va boş vazir Dik Sxoofning allaqaçon zaif vaqtinçalik hukumatida noaniqlikni yanada kuçaytirdi.
Ötgan yilning noyabrida Xalqaro jinoiy sud (ICC) Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga Ğazodagi uruş bilan boğliq uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun hibsga oliş orderini çiqargan edi. Isroil, şuningdek, anklavdagi uruşi uçun Xalqaro sud palatasida genotsid işida javobgar sifatida ham körilmoqda.










