AQŞ prezidenti Donald Tramp Moskva va Kiyevning keyingi harakatlariga qarab ikki hafta içida "juda muhim qaror" çiqarişini aytdi.
"Ikki haftadan keyin voqealar qanday borişini körasizlar. Bu vaqtga kelib Rossiya va Ukrainaning yondaşuvlarini tuşunib olaman. Oxir-oqibat, ikkita yöl bor va ikki haftalik muhlat tugagagaç, qaror çiqaraman", — dedi u.
Şu bilan birga, Amerika rahbari muzokaralardan çiqişi mumkinligini ham aytib ötdi.
"Men nima qiliş kerakligi töğrisida qaror qabul qilaman va bu juda muhim qaror böladi: bu keng miqyosdagi sanksiyalar böladimi, bojlar yoki boşqa narsa böladimi yoxud biz heç narsa qilmaymiz va “Bu sizlarning kuraşingiz” deymiz", — dedi Tramp.











