AQŞ prezidenti Donald Tramp soğliği tufayli yana muhokamalar markaziga tuşdi. Uning qölida tonal kremning qalin qatlamini payqab qolişdi, bu krem bilan kökargan joylarini niqoblaydi, deb yozdi The Daily Beast.
Oq uyning 79 yoşli rahbari 22 avgust kuni Vaşingtondagi «The People’s House» tadbirida iştirok etdi. Voqeadan olingan suratlarda Trampning öng qöli makiyaj bilan qoplangani, krem esa teri rangidan yaqqol ajralib turganini köriş mumkin.
«Oval kabinetda Tramp uzoq vaqt davomida öng qölini çap qöli bilan tösgan holda ötirdi. Ammo matbuot oldida çiqiş paytida baribir tonal krem közga taşlandi. Kuzatuvçilarning ta’kidlaşiça, prezident qölini kameralardan yaşirişga urinib, noqulay harakatlar qilgan», deb qayd etdi naşr.
Uning qöllari birinçi marta e’tiborni jalb qilayotgani yöq. Avvalroq Oq uy kökarişlarni «köp marta qöl berib körişiş oqibatlari» va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oliş uçun aspirin qabul qiliş bilan izohlagan edi.
«Prezident Tramp har kuni minglab amerikaliklar bilan uçraşadi va tarixdagi boşqa prezidentlarga qaraganda köproq qöl siqişadi. Uning xalqqa xizmat qilişga sodiqligi özgarmaydi», dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt.
Iyul oyida şifokorlar prezidentga surunkali venoz yetişmovçilik taşxisi qöyilgani haqida xabar berdi - bu keksalar uçun keng tarqalgan holat bölib, şiş va qon doğlari sabablarini tuşuntirişi mumkin.
Şu bilan birga, jurnalistlarning ta’kidlaşiça, Oq uy şişlarni davolaş va «salomatlik rejasi» haqidagi savollarga «mujmal» javob bermoqda.
Bahorda doktor Şon Barbabella an’anaviy yillik tibbiy körik natijalarini e’lon qilib, Trampning ahvoli «jismoniy va aqliy jihatdan a’lo darajada» ekanini aytdi. Biroq sönggi oylarda prezidentning suratlari va omma oldidagi çiqişlari uning soğliği haqida muntazam ravişda savollar tuğdirmoqda, deb yozdi The Daily Beast.

















