Mazkur qarorni qabul qilişdan közlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
aholiga ixtisoslaştirilgan nevrologik yordam körsatiş samaradorligini oşiriş;
sohadagi tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, ularni zamonaviy tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlaş.
Loyihani amalga oşiriş muddati 2025–2032 yillar etib belgilangan.
Qarorga köra, Respublika ixtisoslaştirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi JICA kömagida yaponiyalik mutaxassislar guruhini jalb etiş uçun Yaponiyaning “Yakuzemi Information Education Center” konsalting kompaniyasi bilan xorijiy valutada 1 yil muddatga şartnoma imzolaşi belgilandi.










