AQŞ Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard Amerika razvedka idoralariga Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik muzokaralarining borişi haqidagi har qanday ma’lumotni «Beş köz» ittifoqiga a’zo tört davlat — Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan bölişişni taqiqladi. Gabbard tegişli hujjatni 20 iyul kuni imzoladi. Bu haqda Amerikaning CBS News telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

AQŞ razvedka hamjamiyatiga yöllangan hujjatda Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar haqidagi barça ma’lumotlar, jumladan, tahlillar NOFORN (no foreign nationals, ya’ni xorijda tarqatiş uçun möljallanmagan) deya tasniflangan, deb xabar beradi CBS News manbalari.

Şu bilan birga, telekanal ta’kidlaganidek, Tulsi Gabbardning körsatmasi allaqaçon ommaga e’lon qilingan ma’lumotlarning tarqalişiga tösqinlik qilmaydi. Muzokaralar bilan bevosita boğliq bölmagan diplomatik va harbiy ma’lumotlarga ham çeklovlar qöyilmaydi – masalan, AQŞ «mudofaa operatsiyalarini osonlaştiriş uçun» Ukraina bilan bölişgan ma’lumotlarga, deb yozadi CBS News.