O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Bu haqdagi prezident farmoni e’lon qilindi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan

  • Xalilov Nasriddin – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining o‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan

  • Kudratov Uktam Aralovich – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning Qizilqum kon boshqarmasi «Pistali» koni bosh muhandisining o‘rinbosari

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan

  • Urazmetov Shermuxammat Djumabayevich – «O‘zbekgeofizika» AJning «Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi» filiali geologiya-geofizika ishlarini istiqbolli prognozlash bo‘limi boshlig‘i
  • Hamroyev Umarjon Artiqovich – «Navoiyuran» davlat korxonasining «Uran va noyob metallar geologiyasi» ilmiy-ishlab chiqarish markazi geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan

  • Tursunov Jamshid Yunusovich – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi
  • Hidoyatov Sherzod Saidjonovich – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan

  • Vahobov Davron Abdujalolovich – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi
  • Saidmuradov Uktam – Samarqand tumanidagi «Stekloplastik» MChJ raisi, Samarqand viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» faxriy unvoni bilan