Silk Avia aviakompaniyasi Özbekistonning bir qator şaharlariga mahalliy reyslarni 2 oyga bekor qildi.
Aviakompaniya xabariga köra, sentabr va oktabr oylarida bir qator reyslar «texnik sabablarga köra» töxtatiladi:
- US753/754 Toşkent — Termiz — Toşkent aviaqatnovi;
- US757/758 Toşkent — Termiz — Toşkent aviaqatnovi;
- US501/502 Toşkent — Namangan — Toşkent aviaqatnovi;
- US801/802 Toşkent — Buxoro — Toşkent aviaqatnovi;
- US401/402 Toşkent — Farğona — Toşkent aviaqatnovi;
- US851/852 Toşkent — Navoiy — Toşkent aviaqatnovi.
Yölovçilar ilgari xarid qilingan çiptalar uçun pul mablağlarini töliq qaytarib olişi yoki böş örinlar mavjud bölgan taqdirda aviakompaniyaning boşqa yönalişlariga qayta band qiliş xizmatidan foydalanişi mumkin.
Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan taşkil etilgan loukoster aviakompaniya bölib, parvozlarini 2023 yil 25 apreldan boşlagan. 2023 yil oktabr oyida prezident qarori bilan kompaniya brendi saqlab qolingan holda Uzbekistan Airways tarkibiga ötkazilgan.











