Viloyat IIBB YHXB ma’lum qilişiça, holat Yuqori Çirçiq tumani hududidan ötgan xalqaro ahamiyatga ega bölgan A373 Toşkent—Öş avtomobil yölining 4-kilometrida sodir bölgan. 

HOWO rusumli maxsus jihozlangan sement taşuvçi yuk avtomobili haydovçisi rul boşqaruvini yöqotişi oqibatida yöl çetida töxtab turgan Cobalt'ga urilib, şundan söng ağdarilib ketgan.

Yöl-transport hodisasi natijasida maxsus jihozlangan sement taşuvçi yuk avtomobilida yonğin kelib çiqqan. Şuningdek, yöl çetida harakatsiz turgan Cobalt'da bölgan 1 nafar yölovçi tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Çirçiq tumani IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.