Rossiya bilan ehtimoliy tinçlik bitimidan keyin Ukraina uçun kelajakdagi xavfsizlik kafolatlari NATO a’zoligiga «juda yaqin» bölişi kerak. Bu haqda 24 avgust, yakşanba kuni Germaniya hukumatida bölib ötgan oçiq eşiklar kunida Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful aytib ötdi.

«Agar Ukraina imkon qadar köp mamlakatlardan heç bölmaganda real xavfsizlik kafolatlarini olmasa, heç bölmaganda qolgan qismi (Ukraina hududining) xavfsiz bölişi uçun hududiy imtiyozlarni jiddiy körib çiqişni talab qila olmaymiz», — deya Germaniya vazirining sözlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi.

Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbari bunday xavfsizlik kafolatlarini talab qiliş oxir oqibat Rossiya prezidenti Vladimir Putinni işontirişiga umid bildirdi. Vadeful, şuningdek, bunday kafolatlar Rossiya uçun xavf tuğdirmasligini ta’kidladi. «Keyin bu Yevropada nihoyat yana tinçlik uçun asos bölişi mumkin», dedi nemis vaziri.

Nafaqat YeI davlatlari, balki boşqa davlatlar, xususan AQŞ ham Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berişi kerak, dedi Vadeful. Uning sözlariga köra, ayni damda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Yaponiya ham Ukrainani qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan.