Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroil Ğazo şahrida mingdan ortiq binoni vayron qildi
Isroil avgust oyining boşida Ğazo şahriga kirişni boşlaganidan buyon şaharning Zaytun va Sabra mahallalarida 1 mingdan ortiq binoni butunlay vayron qildi, natijada yuzlab odamlar vayrona ostida qolib ketdi, Bu haqda Falastin Fuqaro mudofaasiga tayanib, Al-Jazeera naşri xabar bermoqda.
Idora bayonotida aytilişiça, davom etayotgan öq uzişlar va yöllarning tösilib qolişi köplab qutqaruv va yordam operatsiyalarini amalga oşirişga xalaqit bermoqda. Favqulodda xizmat xodimlari hanuz yöqolganlar haqida köplab xabarlarni olmoqda, ammo javob bera olmayapti, şifoxonalar esa hujumlar oqibatida haddan taşqari tölib ketgan, deyiladi bayonotda.
«Ğazo sektorida heç qanday xavfsiz joy yöq — na şimolda, na janubda. Öq uzişlar odamlarning uylarini, boşpanalarini, hatto ular köçirilgan lagerlarni ham nişonga olmoqda».
Ayni kunlarda Isroil tanklari Sabra mahallasiga kirib kelişda davom etmoqda, Isroil Ğazo şahrini töliq egallaş harakatini olib bormoqda va bu jarayon deyarli 1 million falastinlikni janubga majburan köçirişga sabab bölmoqda.
Fuqarolar Mudofaasi idorasining bayonoti huquq himoyaçilari orasida avvaldan mavjud bölgan xavotirlarni tasdiqlagan: Isroil Ğazo şahrini ham, Rafahdagi kabi, butunlay buzib taşlaşni rejalaştirmoqda. Bu esa barça falastinliklarni Ğazodan majburan çiqarib yuborişga qaratilgan kampaniya sifatida talqin qilinmoqda.
Yakşanba kuni Isroilning Ğazoga uyuştirgan hujumlari oqibatida kamida 51 kişi halok bölgan. Ulardan 27 nafari Ğazo şahrida, yana 24 nafari esa yordam olişga uringanlar orasida bölgan. Oçlik oqibatida yana 8 kişi vafot etgan. 2023 yil oktabr oyidan buyon Ğazoda halok bölganlar soni 62 ming kişidan ortib ketdi.
BMT va hukumatlarning Isroil oldida ojizligi dunyoning köplab davlatida Isroilga qarşi namoyişlarga olib kelmoqda. Xususan, yakşanba kuni Avstraliya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Keniya, Belgiya, Senegal va Şvetsiyada ön minglab namoyişçilar oçlik va ölim yoqasida qolgan falastinliklarni qutqariş çoralarini talab qilib namoyiş ötkazişdi.
Avstraliyaning özida 40 dan ortiq norozilik namoyişlari bölib ötgan. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda ötkazilgan miting esa Ğazoga humanitar yordam olib boradigan faollar guruhini şakllantiriş uçun boşlanğiç nuqta bölib xizmat qilişi aytilmoqda.











