Hujjat faoliyatni özgartirişning öziga xos xususiyatlarini belgilaydi:

  • mikromoliya taşkilotining (MMT) mikromoliya banki faoliyatiga;
  • mikromoliya bankining bank faoliyatiga;
  • bankning mikromoliya banki faoliyatiga;
  • mikromoliya bankining MMT faoliyatiga ta’siri.

Xususan, MMT faoliyat turini mikromoliya bankiga özgartiriş uçun MMT aksiyadorlik jamiyati taşkiliy-huquqiy şakliga ega bölişi kerak.

Bunda mikromoliya bankini taşkil etiş bank operatsiyalarini amalga oşiriş uçun litsenziya beriş şartlariga muvofiq ikki bosqiçda amalga oşiriladi:

  • mikromoliya bankini taşkil etişga dastlabki ruxsatnoma beriş;
  • bir vaqtning özida litsenziya bergan holda mikromoliya bankini davlat röyxatidan ötkaziş.

Bank, mikromoliya banki yoki mikromoliya taşkiloti öz faoliyatini özgartiriş töğrisidagi ariza bilan Markaziy bankka elektron şaklda murojaat qiladi.

Arizalarni körib çiqiş va qabul qilingan qaror töğrisida ariza beruvçini xabardor qiliş "Banklar va bank faoliyati töğrisida"gi hamda "Nobank kredit taşkilotlari va mikromoliyalaştiriş faoliyati töğrisida"gi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Mikromoliya bankini taşkil etişga doir dastlabki ruxsatnomani beriş, litsenziya beriş va litsenziyani qayta rasmiylaştiriş töğrisidagi arizalar körib çiqilganligi uçun ariza beruvçidan quyidagi miqdorlarda tölov va (yoki) davlat boji undiriladi:

  • mikromoliya bankini taşkil etişga dastlabki ruxsatnomani beriş töğrisidagi ariza körib çiqilganligi uçun  –  BHMning 5 baravari;
  • litsenziya berganlik uçun  –  mikromoliya banki ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida davlat boji;
  • litsenziyani qayta rasmiylaştiriş uçun  –  uşbu bandning ikkinçi xatboşida nazarda tutilgan tölov miqdorining yarmi.