Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan imkon qadar tezroq ikki tomonlama muzokaralar ötkazişga çaqirib, Moskvaga qarşi yangi sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qildi. «Agar prezident Putin vaqtni çözişim mumkin deb hisoblasa, bu notöğri», dedi u 25 avgust, duşanba kuni Zagrebda xorvatiyalik hamkasbi Gordan Grliç-Radman bilan uçraşuvda.

Vadefulning sözlariga köra, Rossiyaga bosim ötkazişda davom etiş kerak va şuning uçun Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarşi 19-sanksiya paketini tayyorlamoqda. Germaniya Taşqi işlar vazirligi rahbarining ta’kidlaşiça, endi Putin Ukrainada olib borilayotgan uruşda adolatli tinçlikka erişiş uçun harakat qilişga çinakam tayyor ekanligini isbotlaşi kerak. «Aftidan, bu borada jiddiy şubhalar bor», — deya ta’kidladi u va Kiyev heç qanday qöşimça şartlarsiz tinçlik muzokaralariga rozilik berib, allaqaçon oldinga qadam taşlaganini qöşimça qildi.

Şu bilan birga, Vadeful şunday ta’kidladi: «Bir narsa aniq: ukrainaliklar ortidan heç qanday muzokara olib borilmaydi. Bu bizning umumiy Yevropa va’damiz». Ukraina «biz uni siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaşda davom etişimizga işonişi mumkin», deb va’da berdi nemis vaziri.