Dpa xabariga köra, HAMAS taşkiloti qölida qolgan isroillik garovga olinganlarning qarindoşlari Isroil hukumatining olti nafar a’zosi, jumladan, mudofaa vaziri Israel Kats va taşqi işlar vaziri Gideon Saarning uyi yaqinida norozilik namoyişi ötkazdi.

Namoyişçilar vazirlarni Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş rejimini örnatişga va garovga olinganlarni ozod qiliş uçun HAMAS jangçilari bilan kelişuvga erişişga çaqirdi. «Biz keyingi keçikişlarni keçirmaymiz», — deya ularning bayonotidan iqtibos keltiradi dpa. «Xalqni tinglang: bu uruşni töxtating va barçani uyga olib keling».

18 avgust kuni AFP HAMASdagi manbalariga tayanib, harakat Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça yangi taklifni heç qanday tuzatişlarsiz qabul qilgani haqida xabar berdi. Agentlik manbalaridan birining ta’kidlaşiça, bu 60 kunlik otaşkesim va HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ikki partiyada ozod qilişdan iborat edi.

Aftidan, garovga olingan 50 nafar isroillikdan 20 nafari hozir tirik. Isroil rahbariyati hozirça öt oçişni töxtatiş taklifiga rozi ekanligini rasman tasdiqlagani yöq.