Turkiya transport vaziri Abdulqodir Örolöğli transport vositasini boşqarayotganida tezlikni me’yordan oşirdi. Holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgaç, öz ixtiyori bilan politsiyaga murojaat qilib, jarima tölaganini aytdi.
Dastlab Örolöğli X ijtimoiy tarmoğida Anqara-Niğde trassasi böylab safarining videosini e’lon qildi, unda avtomobil tezligi 225 km/soatga yetgani körinadi. Qonun böyiça trassada belgilangan tezlik çeklovi 140 km/soatni taşkil qiladi.
Videolavha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, yöl harakati xavfsizligi uçun mas’ul bölgan amaldorning bunday xatti-harakati köplab tanqidlarga sabab böldi.
Ertasi kuni vazir jarima tölagani haqidagi bayonnoma suratini ulaşdi.
Örolöğli sözlariga köra, u şaxsan politsiyaga murojaat qilib, qoidabuzarlikni tan olgan. Oxir-oqibat 9267 lira (230 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.
Örolöğli qonun barça uçun, jumladan, vazirlar uçun ham bir xil ekanini ta’kidladi.











