Taşrif davomida 27 avgust kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uçraşuv ötkaziladi. Unda, ikki davlat taşqi siyosat idoralari rahbarlarining birinçi strategik muloqoti doirasida siyosat, iqtisodiyot va madaniyat kabi turli sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantiriş, xalqaro çaqiriqlarga birgalikda javob beriş masalalari yuzasidan fikr almaşiladi.
Qayd etilişiça, Yaponiya tomoni Özbekistonning iqtisodiy rivojlanişiga kadrlar tayyorlaş, “yaşil” energiya, asosiy ijtimoiy xizmatlar sifatini oşiriş va boşqa yönalişlarda kömaklaşişda davom etadi va şu orqali jadal rivojlanayotgan Özbekiston bilan özaro manfaatli hamkorlik salohiyatini rivojlantiradi.
Takesi Ivayaga köra, joriy yilning aprel oyida Osaka şahrida boşlangan “Kelajak jamiyatini hayotimiz uçun loyihalaş” mavzusidagi Butunjahon körgazmasida “Bilimlar boği”, The Garden of Knowledge konsepsiyasi aks ettirilgan Özbekiston pavilioniga har kuni köplab mehmonlar taşrif buyurmoqda. 17 avgust kuni Özbekiston Milliy kuniga bağişlab Özbekiston prezidenti administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti mudiri Gayane Umerova iştirokida juda qiziqarli tadbir bölib ötdi.
"Umid qilamizki, EKSPO körgazmasi ikki mamlakat örtasidagi turli darajadagi iqtisodiy va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlaşda muhim turtki bölib xizmat qiladi. EKSPO tugaşiga salkam bir yarim oy vaqt qoldi, bu vaqt içida Yaponiyaga yanada köproq Özbekiston fuqarolari taşrif buyuradi, degan umiddamiz", deydi Yaponiya taşqi işlar vaziri.











